AQSh prezidenti Barak Obamaning milliy xavfsizlik bo’yicha maslahatchisi Tom Donilonning aytishicha, Qo’shma Shtatlar Shimoliy Koreya do’q-po’pisalarini javobsiz qoldirmaydi. Rasmiy Vashington Pxenyanning xorijiy valyutani ayirboshlash bilan shug’ullanuvchi asosiy bankiga qo’shimcha jazo choralari tatbiq etilgani haqida ma’lum qildi.
Tom Donilonning aytishicha, AQSh Shimoliy Koreya bilan samimiy muzokaralar o’tkazishga tayyor, ammo Pxenyan bunday chaqiriqqa faqat provokatsiya va tahdidlar bilan javob qaytarmoqda. Rasmiyga ko’ra, koreyaliklar bunday ish yuritishni bas qilmaguncha, Amerika ittifoqchilari yordamida Pxenyanning yadro va raketa dasturlariga qarshi xalqaro jazo choralarini qo’llashda davom etadi.
“Bugun Moliya vazirligi Shimoliy Koreya Xalqaro savdo bankiga yangi sanksiyalar qo’yilganini e’lon qiladi. Chunki bu bank davlatning ommaviy qirg’in qurollarini ishlab chiqarishiga hissa qo’shmoqda. Shimoliy Koreya rahbarlarining qaysarligi va noto’g’ri qarorlari nafaqat mamlakat xavfsizligiga putur yetkazyapti, balki oddiy xalqning qo’shni Janubiy Koreya va Osiyoning boshqa istalgan davlati aholisiga qaraganda yanada qashshoqlashishiga sabab bo’lyapti”, - dedi Donilon.
BMT Xavfsizlik Kengashi Shimoliy Koreyaning uchinchi yadro sinoviga javoban o’tgan hafta jazo choralarini kuchaytirish bo’yicha yangi rezolyutsiya qabul qildi. Pxenyan bu qarorni urush harakati deya baholamoqda.
AQSh Moliya vazirligi Shimoliy Koreya Xalqaro savdo bankini jazolash haqidagi qaroriga izoh berdi. Unda yadro qurollariga yo’naltirilayotgan mablag’larni to’xtatish hamda ularni AQSh moliyaviy tizimidan uzish maqsad qilingani aytiladi.
Obamaning maslahatchisi Donilon bu harakat Oq Uyning Osiyoga qaratilgan yangi strategiyasi doirasida amalga oshirilayotganini aytadi. Rasmiyga ko’ra, byudjet kamomadi sabab mudofaa xarajatlarining qisqarishi Osiyo va Tinch okeani mintaqasiga doir ishlab chiqilgan hukumat siyosatiga pand bermaydi. Donilon, shuningdek, AQSh-Xitoy aloqalariga ham to’xtalib, so’nggi to’rt yilda ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarda ijobiy siljish borligini ta’kidlagan. Ammo harbiy sohadagi aloqalar sustligicha qolmoqda, deydi u.
“Rejalarimizda bunga alohida e’tibor berilgan. Ayni paytda, o’zaro aloqalarimizdagi oqsoqlik ham shu yo’nalishda. AQSh-Xitoy harbiy hamkorligi iqtisodiy va siyosiy jabhalardagidek rivojlanmagan. Buni tuzatish kerak. Harbiy sohada yaqin aloqa o’rnatmasdan turib, ijobiy munosabatlarga ega bo’lish qiyin”, - deydi Oq Uy rasmiysi.
Donilon, shuningdek, Xitoy hukumatini internet orqali amalga oshirilayotgan kiberxurujlarni to’xtatishga va bu jinoyatlarni tergov qilishga chaqirdi. Internet faoliyati bilan bog’liq bunday jarayonlarni tartibga solish qoidalarini ishlab chiqishda Xitoy AQSh bilan hamkorlik qilishi kerak, dedi u.