Breaking News

AQSh-Shimoliy Koreya rahbarlari uchrashuviga tayyorgarlik


Xalqaro hayot - 11-fevral, 2019
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:18 0:00

Prezident Donald Tramp u olib borayotgan diplomatik sa’y-harakatlar natijasida AQSh va Shimoliy Koreya o’rtasida urush bartaraf etilganini ta’kidlamoqda. Ikki davlat rahbarlari o’rtasida birinchi uchrashuv o’tgan yili yozda Singapurda bo’lib o’tgan edi. Ayni paytda ikkinchi sammitga tayyorgarlik ketmoqda.

Yaqinda Kongressning qo’shma majlisida so’zlagan Prezident Tramp Shimoliy Koreya rahbari bilan yana uchrashishini e’lon qildi.

“Oldinda ish ko’p, lekin Kim Chen Un bilan do’stona munosabatdaman. U bilan 27-28 fevral kunlari Vietnamda yana ko’rishamiz”, - dedi AQSh prezidenti.

Janubiy Koreya hukumati tomonlarning navbatdagi uchrashuvidan aniq natija bo’lishidan umidvor.

“AQSh-Shimoliy Koreya sammitiga Vyetnam mezbonlik qilayotganini olqishlaymiz”, - deydi hukumat so’zlovchisi Kim Yu-keom.

Tafts universiteti professori San Yun Liga ko’ra, uchrashuv uchun Vyetnam tanlangani alohida ahamiyatga ega.

“1975-yilda Janubiy Vyetnam urushda mag’lubiyat ostonasida turgan pir paytda, Shimoliy Koreya rahbari Xitoyga borib, yordam so’raydi. Shimoliy Vyetnam janubda qo’llagan harbiy taktikani biz ham o’rganishimiz kerak, deb aytadi. O’shanda AQSh tinchlik kelishuvi imzolab, janubni tark etayotgan edi. Kim Chen Un rejimiga aynan shunday Vyetnam modeli ma’qul”, - deydi professor.

Siyosiy tahlilchi Harri Kazianis fevral oxiriga belgilangan sammit ikki kun davom etishiga e’tibor qaratadi.

“Tomonlar jiddiy bir narsa ustida kelishib olganga o’xshaydi. Tinchlik bitimi e’lon qilinishi ehtimoldan xoli emas. Shimoliy Koreyaning yana bir istagi - sanksiyalardan qutulish. Buni AQShga ham, janubiy qo’shnisiga ham uqtirib kelmoqda”, - deydi Kazianis.

BMTning maxfiy hisobotiga ko’ra, Shimoliy Koreya yadroviy va ballistik raketa dasturlarini nafaqat davom ettiryapti, balki ularni havo hujumidan himoya qilish yo’llarini izlayapti. 300 betli hisobot BMT Xavfsizlik Kengashiga taqdim etilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG