Breaking News

Shimoliy Koreya dushanba kuni sinov o'tkazishi mumkin


Janubiy Koreya askarlari shimol tomonni kuzatmoqda
Janubiy Koreya askarlari shimol tomonni kuzatmoqda
AQSh va Janubiy Koreya nazarida Shimoliy Koreya raketa sinoviga tayyorlanmoqda. Shu munosabat bilan bu davlatlar qurolli kuchlarini shay holatga keltirgan.

Pxenyan yaqin bir necha kun ichida ikki raketasini mamlakatning sharqiy sohillariga ko’chirgani qo’shni davlatlarni xavotirga soldi.

Shimoliy Koreya so’nggi paytlarda urush ehtimoli, yadro quroli hujumi haqida bong urib keladi.

Janubiy Koreya urush bo’lishiga ishonmaydi, ammo Pxenyan o’rta masofali raketa yoki yadro quroli sinoviga hozirlanayotgan bo’lishi mumkin, deydi.

Ayrim tahlilchilarga ko’ra, sinov dushanba kuni, Shimoliy Koreya davlatining asoschisi Kim Ir Senning tug’ilgan kunida amalga oshirilishi mumkin.

Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri Yun Ben Sening aytishicha, sinalishi kutilayotgan raketa yangi bo’lib, 3500 kilometrgacha uchish salohiyatiga ega.

Ya’ni raketa Janubiy Koreya, Yaponiya yoki AQShning Guam hududini nishonga olishga qodir. Boshqa xabarlarga ko’ra, Pxenyan bir kunda bir necha turdagi raketasini uchirishi mumkin.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG