Breaking News

Norvegiya terror ketidan motamda


Norvegiya terror ketidan motamda
Norvegiya terror ketidan motamda

Norvegiya motamda. Juma kungi xurujlar 93 kishini hayotdan olib ketdi. Bugun mamlakat bo’ylab sukut saqlandi. Bayroqlar pasaytirilgan.

Bosh vazir Yens Stoltenberg Osloning bosh cherkovida turib, xalqiga murojaat qilar ekan, hodisani “milliy fojea” deb atadi. Tadbirda Norvegiya qiroli Xarald va qirolichasi Sonya ham ishtirok etdi.

Xurujlar terrorizm deya ta'riflanmoqda. Oslodagi portlashlarda yetti odam, Utoeya orolidagi qurolli hujumda esa 86 kishi nobud bo’lgan.

32 yoshli Anders Bering Breyvik o'z qilmishini sudda tushuntiradi, deydi advokatlar
32 yoshli Anders Bering Breyvik o'z qilmishini sudda tushuntiradi, deydi advokatlar

Politsiyaga ko'ra, hujumlarni 32 yoshli Anders Bering Breyvik amalga oshirgan. Ayblanuvchi hibsda.

Tergovchilar "Breyvik jinoyatni bo’yniga oldi", - deydi.

Politsiya izohicha, Breyvik avval Osloda bosh vazir idorasi yonida bomba portlatgan, so’ngra Utoeya oroliga borib, yozgi lagerda bolalarni o'qqa tutgan.

Breyvik xurujlarni bir o’zi, ya’ni biror sheriksiz qilgan, deydi tergovchilar. Ammo oroldagi hodisaga guvoh bo’lganlar yana bir qurollangan odam bor edi deya ta’kidlamoqda.

Ayblanuvchi yashagan uy
Ayblanuvchi yashagan uy

Breyvikning advokati Geir Lippestadning aytishicha, mijozi Norvegiya jamiyatiga “inqilob” qilmoqchi bo’lgan.

Ayblanuvchi o'z qilmishi va uning sabablarini sud zalida tushuntirib berishga tayyor, deydi Lippestad.

Breyvik dushanba kuni sud huzuriga olib boriladi.

Xurujlardan oldin u internetda 1500-betli manifest e’lon qilgan.

Breyvik unda Yevropada musulmonlar ko’payib borayotganidan noligan va islom dinini qoralagan. Kontinent musulmonlashib ketmoqda, deya tanqid qilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG