Breaking News

Davlatlar yadro zavodlarini tekshirishga tushdi


G'arb davlatlari atom-yadro zavodlariga tobelikni kamaytirish kerak, deb xulosa qilmoqda
G'arb davlatlari atom-yadro zavodlariga tobelikni kamaytirish kerak, deb xulosa qilmoqda

Yaponiyadagi ofatdan keyin davlatlar yadro inshootlari xavfsizligini tekshirishga tushgan. Atom zavodlarini qurish rejalari ham qaytadan ko’rib chiqilmoqda.

Shveytsariya ehtiyot choralarini sinchiklab muhokama qilib, qurilishi rejalangan uch yadroviy zavodni chetroqqa surishga ahd qilgan.

Davlatlar yadro zavodlarini tekshirishga tushdi
Davlatlar yadro zavodlarini tekshirishga tushdi

Germaniyada muxolifat yadroviy zavodlarni ishlatmaylik, eskilaridan qutulaylik deb da’vat etmoqda. Kansler Angela Merkel 17 zavod tekshiriladi, deydi.

Eski atom inshootlari 2021 yilda butunlay yaroqsiz deb topilishi kerak. Biroq Merkel hukumati zavodlarni yana 12 yil saqlab turaylik, deb taklif qilib kelayotgan edi.

Avstraliya Bosh vaziri Juliya Gillard so’zlariga ko’ra, uning davlati har xil energiya manbalariga ega va yadro-atom zavodlariga hojat yo’q.

Davlatlar yadro zavodlarini tekshirishga tushdi
Davlatlar yadro zavodlarini tekshirishga tushdi

Yevropa Ittifoqi rasmiylari ertaga yig’ilish qilib, Yaponiyadagi ahvolni muhokama qiladigan. Majlisda energetika vazirlari, yadroviy xavfsizlik bo’yicha ekspertlar, yadro zavodlariga ega kompaniyalari vakillari qatnashadi.

Yig’inda Yevropa atom zavodlari qanchalik pishiq ekani, zilzilaga naqadar chidamli ekani ham ko’tariladi. Ayniqsa, reaktorlarni sovutish texnikasi jiddiy sinovdan o’tadi.

Hindiston Bosh vaziri Manmoxan Singx mamlakatdagi hamma atom energiyasi zavodlarini ko’zdan kechirishga ko’rsatma berdi.

Zilzila, tsunami yoki boshqa muammolarga qarshi pishiqligi tekshiruv ostida.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG