Breaking News

Obama Afrika bilan savdoni kuchaytirmoqchi


Afrikada Obamani orziqib kutishyapti
Afrikada Obamani orziqib kutishyapti

AQSh prezidenti bugun Efiopiya va otasining vatani Keniyaga otlanmoqda. Juma kuni Barak Obama Nayrobida Global tadbirkorlik sammitida qatnashadi, so'ng Efiopiyaga borib, bu mamlakatga tashrif buyurgan Amerikaning ilk prezidenti bo'ladi.

Inson huquqlari himoyasi bilan shug'ullanuvchi guruhlar Efiopiyada so'z erkinligi yo'qligiga, siyosiy muxolifat ta'qibga olinayotganiga ishora qilib, Obamaning bu mamlakatga borishini tanqidga olgan.

Kecha AQSh rahbari Oq uyda Afrika bilan savdo mavzusida o'tkazilgan tadbirda so'zlab, muammolarga qaramay, qit'ada biznez imkoniyatlar ko'pligini, Afrika tez rivojlanayotgan bozorga aylanayotganini ta'kidladi.

O'tgan oy Obama Afrika bilan 15 yil oldin imzolangan savdo shartnomasini yana 10 yilga uzaytirdi. 15 yilda savdo oboroti 73 milliard dollarni tashkil etdi, shuning yarmidan ko'pi AQSh eksporti hissasiga to'g'ri keladi.

Obamaning aytishicha, savdo qonuni Afrikada davlat boshqaruvini, mehnatkashlar va inson huquqlarini yaxshilashga xizmat qiladi.

Qonunda qit'adagi 40 dan ziyod davlat uchun imtiyozlar bo'lib, aksariyat mahsulotlari AQShga bojxona to'lovlarisiz kiritilishi mumkin.

AQSh Afrika bilan savdo bobida Xitoy va Yevropa Ittifoqidan ortda qolmoqda. Pekin qit'a bilan yiliga 200 milliard dollarlik, Yevropa Ittifoqiga a'zo 28 davlat esa 140 milliard dollarlik savdo qiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG