Qo'shma Shtatlar Misrda prezident lavozimidan chetlatilib, konstitutsiya bekor qilinganidan tashvishda.
Barak Obama Misr xalqiga murojaat qilib, "Amerika siz tarafda. 2011-yildagi inqilob erkinlik va farovonlik tomon shahdam qadam bo'lgan", - deya eslatdi.
Konstitutsion sud raisi Adli Mansur muvaqqat rahbar sifatida qasamyod keltirdi va yaqin orada saylov o'tkazish rejasi tuzilmoqda. Prezident Muhammad Mursiy va hukumatning yuqori lavozimdagi boshqa rasmiylari uy qamog'ida saqlanmoqda.
Mursiyning partiyasi bo'lmish "Musulmon Birodarlar" harakati a'zolari va yetakchilari, jami 300 kishini hibsga olish to'g'risida qaror bor.
Barak Obamaning aytishicha, Qo'shma Shtatlar muayyan bir partiya yoki siyosatchilarni emas, demokratik jarayon va qonun ustuvorligini quvvatlaydi.
AQSh har qanday zo'ravonlik va agressiyaga qarshi, Vashington vaziyatni yaqindan kuzatmoqda, deydi u:
"Misr kelajagi Misr xalq qo'lida. Bunga shubha yo'q. Lekin biz Misr qurolli kuchlarining prezident Mursiyni lavozimdan chetlatib, mamlakat konstitutsiyasini bekor qilganidan tashvishdamiz. Misr harbiylari boshqaruvni iloji boricha tezroq fuqarolarga topshirishi kerak. Oshkora va teng huquqli, demokratik jarayon natijasida hukumat xalq saylagan insonlar qo'liga o'tsin. Prezident Mursiy va uning tarafdorlari asossiz hibsga olinmasin. Bugungi o'zgarishlardan xulosa chiqargan holda, men tegishli idoralarga Misr hukumatiga ko'rsatiladigan yordamni qayta ko'rib chiqishni buyurdim".
Qo'shma Shtatlar bu davlatga yiliga 1 milliard dollar atrofida yordam beradi va harbiy sektorga muntazam ko'mak berib keladi.
Amerika Misrda demokratik jamiyat barpo etilishi, erkak va ayol teng huquqli hayot kechirishini, dunyoviy va diniy, harbiy va noharbiy ko'rinishdagi harakatlar qonun doirasida amalga oshirilishini istaydi, deydi Obama.
Amerika rahbari nazarida, norozilik namoyishlarida qatnashganlar va qatnashmaganlar, Mursiyga qarshi chiqqanlar va uni quvvatlaganlar, hammaning ovozi hisobga olinishi shart.
"Demokratiya o'tish - murakkab jarayon. U xalq orzu-istaklariga asoslanishi kerak. Rostgo'y, qobil va xalqqa xizmat qiladigan hukumat... Misr xalqi shuni istamoqda va shuni talab qilmoqda. Ular bunga loyiq. Misr bilan aloqalarimiz ortida o'zaro manfaatlar yotadi. Biz bu xalqni demokratik yo'lda quvvatlashda davom etamiz",- deya bildiradi prezident Obama.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Pan Gi Mun ham harbiylarni hokimiyatni tezroq fuqaro qo’liga topshirishga chaqirmoqda. G’alayon bilan yuzlashgan Turkiya hukumati Misr armiyasining xatti-harakatlarini qoraladi.
Saudiya Arabistoni, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklari Misr xalqiga tabriknoma yo’llagan. Suriya rahbari Bashar al-Assad ham prezident Mursiy hokimiyatdan ag’darilganidan mamnun.
“Uning bir yillik boshqaruvidan so’ng xalq Musulmon Birodarlarning barcha yolg’onlarini angladi”, - deydi ikki yildan beri oppozitsiya bilan kurashayotgan Bashar al-Assad.