Prezident Barak Obama 28-may kuni AQSh harbiy akademiyasida bitiruvchilar oldida so'zab, o'z tashqi siyosatini tushuntirdi. Davlat rahbari urush emas, uning oldini olish haqida o’ylaydi, dedi u.
“Dunyoning qaysidir chekkasidagi muammoni qurol bilan hal etish mumkin deb o’ylasam yoki agar qo’shin yubormasam, tanqidga qolaman deb qo’rqsam, Amerika faqat shu yo’l bilan qudratini saqlab qoladi desam, o’z burchimni ado etmayotgan va davlatimizga xiyonat qilayotgan bo’laman”,- deydi prezident.
Bu yilgi harbiy bitiruvchilar urushga bormaydi. Amerika o’z farzandlarini tinimsiz urushlardan asraydi, deydi Obama.
Biroq prezident Suriyadagi qonli urushga barham berishda zaiflik qilganlikda, murosa yo’lini topa olmaganlikda, shuningdek, Ukrainada zo’ravonliklarning oldini ololmaganlikda, Rossiyaga yutqazganlikda ayblanadi.
Amerika xalqi na Suriya va na Ukrainada vaziyatga harbiy aralashishni xohlaydi.
Ammo, deydi siyosiy tahlilchi Maykl Oxanlon, prezident baribir tanqid ostida.
“Obama har bir masalaga alohida yondashib, alohida qarorlar qilmoda. Muammo shundaki, bu mojarolarni bir-biriga qo’shsak, Amerika oddiy odamlar nazarida passiv rol o’ynagandek ko’rinadi. AQSh loqayd va o’z qudratini ishga solishni xohlamagan tomon sifatida gavdalanadi. Bu esa Putin singari rahbarlarga kuch va ishonch ato etadi, masalan Qrim masalasida”.
Terrorizmga qarshi kurashda esa Obama deydiki, AQSh biror manzilga hujum qilish uchun boshqalardan ruxsat so’ramaydi.
Gap agar to’g’ridan to’g’ri tahdid haqida ketayotgan bo’lsa, deydi prezident. Begunoh insonlar hayotiga befarq emasmiz, deydi u.
Afrika, Yaqin Sharq va Osiyo bo’ylab, terrorizmga qarshi harakat va choralar uchun Amerika milliardlab dollar ajratishni ko’zlamoqda.
Suriya muxolifatiga ham yordamni oshiradi.
Diplomatiya va taraqqiyot dasturlarini ham kengaytirish, kuchaytirish kerak, deydi prezident.