Breaking News

Obama va Putin Suriya haqida gaplashib oldi, natija yo'q


AQSh va Rossiya rahbarlari Xitoyda o’tayotgan Katta Yigirmalik sammitida bir yarim soat muloqot qilib, Suriya, Ukraina va boshqa masalalarni muhokama qilgan. Ikki davlat tashqi ishlar vazirlari ham Suriyada sulh o’rnatish xususida gaplashgan.

Biror kelishuvga erishilgani haqida xabar yo'q. Prezident Barak Obama Vladimir Putin bilan muloqotini "produktiv" deya ta'rifladi xolos.

Suriya mavzusi Prezident Barak Obamaning Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdog’an bilan uchrashuvi chog’ida ham ko’tarilgan.

“Suriyada tinch yo’l bilan siyosiy o’tish jarayoniga erishish yo’llarini izlashda davom etishga kelishib oldik. Dahshatli fuqarolar urushiga chek qo’yishning yagona yo’li shu”, - dedi Obama.

Suriyadagi mojaroga turli taraflar aralashgani bois vaziyat nihoyatda chigal. Bir tomondan AQSh va Turkiya “Islomiy davlat” to’dasiga qarshi hamkorlikda kurashib keladi va Suriya Prezidenti Bashar Assad hukumatiga qarshi kuchlarni qo’llab-quvvalaydi.

Boshqa tomondan Anqara suriyalik kurdlarni terrorchi deb bilib, ularga qarshi amaliyot o’tkazmoqda. Vashington esa kurdlarni islomiy jangarilarga qarshi kurashda o’ziga ittifoqchi deb biladi. Bundan tashqari, Rossiya va Eron Assad hukumatini qo’llab, unga qarshi jang qilayotgan isyonchilarni nishonga olib keladi.

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan Guanchjoudagi sammitda sulhga erishish xususida fikr almashgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG