Breaking News

Millionlab muhojirlar AQShdan deportatsiya qilinmaydigan bo'ldi


Obamaning immigratsiya haqidagi farmoni - US Immigration
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:11 0:00

Obamaning immigratsiya haqidagi farmoni - US Immigration

Prezident Barak Obamaning AQShda yashayotgan millionlab hujjatsiz muhojirlarni deportatsiya qilmaslik to’g’risidagi qarori ispanzabon aholi tomonidan olqishlanmoqda. Ammo prezident Kongressni chetlab o’tdi.

Millionlab muhojirlar AQShdan deportatsiya qilinmaydigan bo'ldi/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:00 0:00

Obamaning qarori Qo’shma Shtatlarda noqonuniy yashayotgan va ishlayotgan odamlarning qariyb besh millioniga imkoniyat beradi.

“Sizga fuqarolik berayotganimiz yo’q. Bu yerda doimiy yashash va imtiyozlar olish huquqi ham berilmaydi. Buni faqat Kongress hal qiladi. Deportatsiya qilinmaysiz deyapmiz xolos”, - deydi prezident.

Obama Kongressdan hafsalasi pir bo’lib, o’z vakolati doirasida farmon imzoladi. Tanqidchilar nazarida esa bu qonunni buzganlarni avf etish bilan barobar. Obamaning aytishicha, muddao aslo amnistiya emas.

“Ularni yoppasiga deportatsiya qila olmaymiz, bu bizning qadriyatlarga ham to’g’ri kelmaydi. Mas’uliyatli yo’lni tanlashimiz kerak”, - deydi u.

23 yoshli Diana Ramos Meksikada tug’ilgan. Obamaning rejasi uning hujjatsiz ota-onasiga yordam beradi. Ularning farzandlari AQSh fuqarosi bo’lgani sabab o’zlari ham Amerikada qolishga haqli.

“Mening oilam uchun bu xushxabar. Endi qo’rqmasdan yashasak bo’ladi”, - deydi u.

AQSh fuqaroligini olgan Pilar Galvez asli Salvadordan. Uning mamlakatidan kelgan ko’plab odamlar yengil tortganini aytadi.

“Obama Amerikada qattiq mehnat qilib, oilasini boqayotgan insonlar haqida qayg’urayapti. Bu bizni juda shod etdi”.

Guatemaladan kelgan immigrant Isus Meyhiya ham Obamadan rozi.

“Bizga o’xshaganlarning ahvolini tushunish kerak. AQShga xohlaganimiz uchun kelmaganmiz, noilojlikdan kelganmiz”, - deydi u.

Fuqarolikni qo’lga kiritgan Tereza Ekvadordan. Uning fikricha, islohotni oxiriga yetkazish uchun baribir Kongressning yordami kerak.

“Millionlab insonning taqdiri prezident va Kongress til topishishiga bog’liq”.

Shu bilan birga, deydi ayol, jinoyatga qo’l urgan muhojirlar AQShda qolishi to’g’ri emas. Obama imzolagan hujjatda chegarani mahkamlash va jinoyatchilarni deportatsiya qilish ko’zda tutilgan.

Kongressdagi respublikachilar Obamani keskin tanqid qilib, vakolatini suiite’mol qilganlikda ayblamoqda.

Siomara Korpeynio Kaliforniyada muhojirlar huquqini himoya qiladi. Prezident muhim tashabbus bilan chiqdi, deydi u. Tizimni tubdan o’zgartirish lozim.

“Hamjihatlikda gap ko’p. Respublikachilar uyg’onishi kerak. Qachongacha islohotdan qochib yurishadi? Jamiyat axir ikkiga ajralib qolgan”, - deydi faol.

Obama ham muxolifatga shuni uqtirib kelmoqda. Respublikachilar esa endi prezident ishlash qiyin bo’ladi, deydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG