Breaking News

Obama: Eron bilan bitim atom bombasi yaratishni sekinlashtiradi


Prezident Obama
Prezident Obama

AQSh Prezidenti Barak Obamaning aytishicha, Eron bilan o'tgan hafta yadro dasturi bo'yicha erishilgan dastlabki kelishuv Eron uran zaxiralarini chetda saqlashga va shu bilan birga Tehronni 10 yildan ortiq vaqt mobaynida yadro qurolini yaratish imkoniyatidan ayirishga yordam beradi.

AQSh razvedkasiga ko'ra, Eronning hozirgi texnologik salohiyati atom bombasini 2-3 oyda yaratish imkonini beradi. Kelishuv esa bu jarayonni bir yilga kechiktiradi.

Obamaning aytishicha, Eron unga qo'yilgan sanksiyalar yumshaganidan so'ng ham qurol yaratishga intilsa, AQShning keyingi prezidenti shunga yarasha chora ko'radi.

"Xavotirimiz shundan iborat ediki, agar Eron 15 yildan keyin ilg'or sentrifugalar ishlab chiqarib, uranni tez boyitishga erishsa, atom bombasini yaratish vaqti ham ancha qisqargan bo'lardi", - deydi Obama.

Isroil Eron bilan kelishuvni tanqid qilmoqda. Bosh vazir Benyamin Netanyaxu Eron Isroilni davlat sifatida tan olib, bu hol yadro dasturi bo'yicha 30 iyungacha imzolanishi kutilayotgan keng qamrovli bitimda aks etishini talab etyapti. Obama Netanyaxuning bu talabini rad qildi.

Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy bitimdan chekinmaymiz, agar qarshi taraf ham o'z majburiyatlarini bajarsa, deydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG