Breaking News

Obama Isroil va Falastin rahbarlari bilan muloqotda


Obama Isroil va Falastin rahbarlari bilan muloqotda
Obama Isroil va Falastin rahbarlari bilan muloqotda

Bugun Nyu-Yorkda, BMT Bosh assambleyasi majlisi doirasida prezident Barak Obama Falastin rahbari Mahmud Abbos va Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan alohida muloqot qilayapti.

Maqsad – diplomatik mojaroning oldini olish. Falastin, ma’lumki, BMTdan a’zolik so’rab, xalqaro hamjamiyatiga murojaat qilmoqda.

Isroil bilan muloqot tinchlikka erishishning yagona yo’li ekanini aytayotgan AQSh masala Xavfsizlik Kengashigacha yetib bormaydi degan umidda.

Yaqin Sharq bo’yicha xalqaro vositachilar to’rtligi – Yevropa Ittifoqi, Rossiya, BMT va AQSh diplomatlari ham bir yilcha oldin to’xtab qolgan muzokaralarni jonlantirish harakatida, ammo prezident Mahmud Abbosni ahdidan qaytarish oson bo’lmaydi.

Bosh vazir Netanyaxu muzokarani hoziroq, Nyu-Yorkda boshlab, Quddus va Ramallohda davom ettirishni so’ramoqda. Falastin rahbaridan hozircha biror sado yo’q.

Iordan daryosining g’arbiy sohilida esa davlatchilik tashabbusini yoqlagan namoyishlarda minglab odam qatnashyapti. Hukumat idoralari va maktablar yopiq.

Isroil rasmiylari nazarida, Falastin tanlagan yo’lning oxiri berk va ertami-kechmi yuzma-yuz muzokaraga qaytish zaruratini anglab yetadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG