Breaking News

Obama sog'liq sug'urtasi buzuq ekani uchun uzr so'radi


Prezident Barak Obama o’zining yangi tibbiy sug’urta dasturiga tuzatish kiritmoqda. Oxirgi bir necha hafta prezident ma’muriyati puxta ishlab chiqilmagan loyiha bilan bog’liq texnik muammolar bilan olishib charchadi.

Obama kecha Oq uyda so’zlar ekan, yangi tibbiy sug’urtaga yozilib, zarar ko’rgan besh foiz aholidan kechirim so’ragan.

“Obamacare” nomi bilan tanilgan loyiha buzuq ekanidan afsus bildirib, prezident xalq ishonchini qayta qozonishi lozim ekanini ta’kidladi. U o’zini ayblab, “Obamacare”ni tuzatishga va’da bermoqda.

“Millionlab amerikaliklar sog’liq sug’urtasi bilan ta’minlanishiga ishonch hosil qilamiz. Odam kasal bo’lganida, farzandi og’riganida tibbiy xizmatdan foydalanishga qurbi yetishi kerak”, - deydi Obama.

Vakillar palatasi spikeri, respublikachi Jon Beyner fikricha, odamlar Oq uyga ortiq ishonmaydi. AQShning shundoq ham yaxshi ishlab turgan sog’liqni saqlash tizimi va tibbiy sug’urta sistemasini buzishlariga yo’l qo’ymaymiz, dedi u.

Obama olg’a surgan dastur har bir fuqaro, jumladan, millionlar yo’qsil fuqarolarga tibbiy sug’urta sotib olish imkonini berishni ko’zlagan. Sug’urta xarid qilish – majburiyat deya talab qilinishi kerak edi.

Holbuki, AQShda og’riqli muammolardan biri shuki, sug’urta qimmat va uni faqat boylar yoki o’rta sinf ko’tara oladi. Muxolifat, ya’ni respublikachilar e’tirozi – prezident fuqarolarni majburlash vakolatiga ega emas. Biror mahsulotni sotib olishni talab qilish – uzviy huquqlarni buzishdir, deydi oppozistiya.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG