AQSh prezidenti Barak Obama seshanba kuni mamlakatga murojaat qilib, Suriyaga harbiy hujum uyushtirish masalasidagi so'nggi vaziyat bo'yicha ma'lumot berdi. Uning aytishicha, Bashar al-Assad xalqaro hamjamiyat nazorati ostida kimyoviy qurollarini butunlay yo'q qilsa, AQSh hujumidan omon qolishi mumkin.
Obamaning aytishicha, Bashar al-Assad boshchiligidagi Suriya rejimi tinch fuqarolarga qarshi taqiqlangan zarin gazini qo'llagani o'z tasdig'ini topgan. Bolalarning o'z otalari qo'lida halok bo'layotganini ko'rib jim turolmaymiz, dedi AQSh rahbari.
O'tgan oy Suriyada kimyoviy qurol ishga solingani va u hukumat kuchlari tomonidan qo'llangani ma'lum bo'lgach, Obama bunday fojeaning kelajakda qayta ro'y berishining oldini olish uchun Suriyadagi harbiy obyektlarni o'qqa tutish lozimligi haqida qaror qabul qildi. Ammo vakolati bo'lsa-da, hujum boshlash haqida harbiylarga to'g'ridan-to'g'ri buyruq berish o'rniga, masala bo'yicha so'nggi qaror berishni Kongressga havola etdi.
Mojaroda Suriyaning yaqin ittifoqchisi bo'lib kelayotgan Rossiya AQShning harbiy choraga qo'l urishiga qarshi. Ayni paytda Rossiya ham Suriyada kimyoviy qurol qo'llanganidan xavotirda va bunday qurollarning yo'q qilinishidan manfaatdor.
Obamaning aytishicha, Rossiya vositachiligida o'tgan muzokaralarda Suriya kimyoviy qurollari borligini tan olgan va ularning xalqaro hamjamiyat nazorati ostida yo'q qilinishiga rozi bo'lgan.
"Shuning uchun biz so'nggi bor diplomatik muzokaralarga yana bir bor imkon bermoqchimiz, - dedi Obama. - Agar Suriya kimyoviy qurollarini xalqaro hamjamiyat ixtiyoriga topshirsa va ular nazorat ostida yo'q qilinsa, harbiy choraga hojat qolmaydi, chunki biz rejalayotgan hujumdan maqsad ayni shu kimyoviy qurollarni yo'q qilishdir".
Obama Rossiya vositachiligida olib borilayotgan muzokaralar natija berguncha, Kongressdan qaror berishni kechiktirib turishini so'ragan.
"Agar muammoni tinch yo'l bilan hal etish imkoniyati muvaffaqiyatsiz yakunlansa, harbiy hujum so'nggi chora bo'ladi", - dedi Obama va harbiylarni bunga tayyor turishga chaqirdi.
Obamaning ta'kidlashicha, harbiy hujumga qo'l urilgan taqdirda ham, Suriyaga birorta AQSh askari kiritilmaydi. Barcha harakatlar havo hujumi orqali va oldindan belgilangan nishonlarga qaratilgan bo'ladi, dedi u.
Obama Suriyaga qarshi hujum uyushtirilishidan norozi bo'lgan aholining xavotirlariga ham to'xtalib o'tdi. Uning aytishicha, xalqaro konvensiya tomonidan taqiqlangan zarin gazini qo'llash orqali Suriya hukumati jinoyatga qo'l urdi va jazolanishi kerak.
"Agar aybdorlar jazodan omon qolsa, kelajakda boshqa davlatlar ham shunday ishga qo'l urishi mumkin. Suriyaga beriladigan zarba ular uchun ham saboq bo'ladi", - dedi Obama.
AQSh rahbari bunday qurollarning terrorchi guruhlar qo'liga chiqib ketishining oldini olish uchun ham harbiy chora zarur ekaniga urg'u berdi.

Obama nutqining so'ngida Suriya mojarosi Amerika ardoqlaydigan oliy qadriyatlar, xususan, mamlakat milliy xavfsizligi bilan aloqador ekanini ta'kidladi. Agar diktatorning o'z odamlarini, xususan, yosh bolalarni zaharlab o'ldirishini to'xtatishga qurbimiz yetsa, biz buni qilishimiz, kerak, dedi u.