Breaking News

Prezident Obama Iroq hukumatini qo'llab-quvvatlamoqda


Ramadi, Anbar viloyati
Ramadi, Anbar viloyati

AQSh Prezidenti Barak Obama Iroq hukumatining Ramadi shahrini jangarilardan qaytarib olish rejasini qo'llab-quvvatlayapti. Iroq armiyasi va ittifoqchi shia jangchilari g'arbdagi bu shaharga hujumga hozirlik ko'rayapti.

Bu kuchlar o'tgan oy Tikrit shahrini "Islomiy davlat" guruhidan qaytarib olishga muvaffaq bo'lgan edi. Lekin Pentagon matbuot kotibi, polovnik Stiv Vorrenning aytishicha, Ramadi uchun janglar og'irroq kechishi mumkin. Chunki jangarilar Ramadiga hamla qilganida mahalliy harbiylar dosh berolmay qochgan. Amerika taqdim etgan zamonaviy harbiy aslaha shahardan qolib ketgan va endi jangarilar ulardan foydalanishi hech gapmas.

Tahlilchi Ben Konnablning aytishicha, tanklar, boshqa o'q-dori va qurollar qolgan Ramadida.

"Islomiy davlat" to'dasi qurol-aslahani shunday qo'lga kiritadi. Iroq harbiylari bu qurolni qo'ldan boy berib, ancha zaiflashganini ham tan olish kerak. Jangarilar bu vositalardan foydalanishni biladimi-yo'qmi, noma'lum, albatta", - deydi eskpert.

"Islomiy davlat" guruhi bir necha kun davom etgan olishuvlardan keyin yakshanba kuni Ramadini ishg'ol qilgan, janglarda 500 odam halok bo'lgan edi. Iroq Bosh vaziri Haydar al-Abadiy shaharni qaytarib olish uchun shia jangchilarni yordamga chorlashga majbur bo'lgan.

Jangarilar shaharni osonlikcha qo'lga kiritgani ketidan Prezident Barak Obamaning Iroqdagi strategiyasi tanqid qilinmoqda. Qo'shma Shtatlar mamlakatda "Islomiy davlat" to'dasining manzillarini bombardimon qilayapti, lekin piyoda qo'shin jo'natmayapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG