Breaking News

Ikkinchi teledebatdan oldin Obama va Romnining imkoniyatlari deyarli teng


Nomzodlar o'rtasida ilk teledebat Denver universitetida 3-oktabr kuni o'tkazildi, Kolorado shtati, 2012-yil.
Nomzodlar o'rtasida ilk teledebat Denver universitetida 3-oktabr kuni o'tkazildi, Kolorado shtati, 2012-yil.
AQShda prezidentlikka asosiy nomzodlar muhim sanalgan Ogayo shtatida kampaniyaga zo’r bermoqda. Respublikachilardan nomzod Mitt Romnining bu shtatdagi tarafdorlariga aytishicha, prezident Barak Obama bilan kechgan ilk teledebat ikki nomzod o’rtasidagi farqni oydinlashtirdi.

"Ikki qarama-qarshi yo’lni ko’rib turibsiz. Prezident so’nggi to’rt yildagi faoliyatini olg’a qadam deb atamoqda, ammo men bu yo’lning xatarli ekani haqida ogohlantiryapman. Uning qayerga yetaklashini yaxshi bilamiz", - deydi Romni.

Prezident Obama Ogayo davlat universitetida talabalar bilan uchrashib, ularni ro’yxatdan o’tib, saylov kuni ovoz berishga chaqirdi. Davlat rahbari raqibining byudjet kamomadini kamaytirish rejasini, jamoat televideniyesiga moliyani qisqartirish taklifini tanqid qildi.

"Romni bankirlar qo’l-oyoqlarini yechib, xalqni talashiga yana imkon bermoqchi. Bolalar ko’rsatuvlarini esa yopmoqchi. Bu liderlik emas, tadbirkorlik degani", - dedi Obama.

So’nggi ommaviy so’rov natijalariga ko’ra, Romni va Obama deyarli teng ketmoqda. Tahlilchilar nazarida respublikachi nomzodning birinchi teledebatda qo’li baland kelgan.

Navbatdagi debat 16-oktabr kuni Nyu-Yorkda o’tkaziladi va tashqi siyosatga bag’ishlanadi. Ertaga esa har ikki partiyadan vitse-prezidentlikka nomzodlar yagona teledebatda bellashadi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG