AQShda respublikachilardan prezidentlikka nomzod Mitt Romnining aytishicha, uning raqibi prezident Obama global muammolarga yechim topishda va dunyoni Amerikaning ketidan ergashtirishda oqsamoqda, dushmanlar esa bundan ruhlanmoqda.
Romni kecha Virjiniyada tashqi siyosatga doir qarashlarini bayon qildi. Oq uyning bildirishicha esa, bu quruq savlat to’kishdan boshqa narsa emas.
Mitt Romnining aytishicha, prezident Obamaning tashqi siyosatida dadil liderlik yetishmaydi, tashabbuskorlik o’rnida umid bor, xolos.
“Umid strategiya bo’la olmaydi. Bayonotlarimizni amaliy ishlar bilan tasdiqlamas ekanmiz, Yaqin Sharqda ittifoqchilarimizni qo’llay olmaymiz, dushmanlarimizni yenga olmaymiz”.
Romni Suriya mojarosi va Liviyada AQSh konsullik xizmatiga hujumga ishora qildi.
“Prezidentimizning vazifasi Amerikaning buyuk qudratini ishga solib, tarix ketidan yurish emas, balki uni yaratishdan iboratdir, toki taqdirimiz o’z qo’limizda bo’lsin”.
Romni prezidentlikka saylansa, Eronga qarshi qattiqroq turishga va’da berdi.
“Yangi sanksiyalarni qo’llashdan, hozirgilarini kuchaytirishdan tap tortmayman. Eron yadro intilishlariga toqat qilmasligimizni bu davlat rahbarlari so’zimizdan emas, harakatlarimizdan bilsin”.
Romni AQSh harbiy qudratini saqlashga, qurolli kuchlarni kelasi yilga rejalangan byudjet qisqartirishlaridan saqlab qolishga ham va’da berdi.
Prezident Obama Osama bin Ladenning yo’q qilinishini, Iroq urushiga barham berilishini, Yaqin Sharqda diktaturalarning AQSh harbiy aralashuvisiz yemirilishini tashqi siyosatining muvaffaqiyatlari deb biladi.
O’tgan oy Demokratik partiyaning qurultoyida davlat rahbari shunday degan edi:
“Mening raqibim va uning vitse-prezidentlikka saylanayotgan sherigi tashqi siyosat bobida tajribasiz. Bayonotlaridan shuni bilsa bo’ladiki, ular mamlakatni quruq baqir-chaqir va qimmatga tushuvchi xato siyosat davriga qaytarmoqchi."
Obamaning saylov reklamasida ham Romnining tashqi siyosatdagi tajribasizligi tanqid qilinadi:
“Amerika diplomatlari Liviyada hujumga uchraganida “Nyu-York Tayms” gazetasi Romnining hujumlarga nisbatan bildirgan munosabatiga qarab unda prezidentlik irodasi aslo yo’qligini ta’kidladi. Agar nomzodning global qarashlari shu bo’lsa, prezidentlikka saylansa, Amerikani qay yo’ldan yetaklashini bir tasavvur qiling-a!”
Biroq ayrim tahlilchilar Romnining “Amerika tashqi siyosatda faolroq bo’lishi kerak” degan fikrini qo’llab-quvvatlaydi.
“Yaqin Sharq katta o’zgarishlarni boshdan kechirmoqda. Amerikaning bu jarayonlarga ta’siri hozircha cheklangan. Ammo Romni haq, imkoniyatlarimiz darajasida faolroq bo’lishga harakat qilishimiz kerak,” - deydi Vashingtondagi Brukings instituti xodimi Maykl O'Xanlon.
Biroq, deydi O’Xanlon, Romnining Obama tashqi siyosatiga nisbatan aytilgan barcha e’tirozlari ham o’rinli emas.
“Eron so’nggi uch yarim yilda uranni boyitishda olg’a qadam qo’ygani to’g’ri. Jorj Bush prezidentligining boshi va so’nggidagi ko’rsatkichlarni solishtirganda ham Eron qo’l qovushtirib o’tirmaganini ko’rsak bo’ladi. Biroq Obama sanksiyalarni kuchaytirib, qo’llashni uddalaganiga guvoh bo’lamiz”.
Romnining shu kungacha, asosan, ichki iqtisodiyotga e’tibor qaratgan saylov kampaniyasidan tashqi siyosat ham muhim o’rin olmoqda. Romni va Obama o’rtasidagi keyingi ikki teledebat ham aynan tashqi siyosatga bag’ishlanadi.