Breaking News

Obama bugun xalqqa xayrlashuv nutqini o'qiydi


AQSh Prezidenti Barak Obama
AQSh Prezidenti Barak Obama

Bugun AQSh Prezidenti Barak Obama mamlakatga so'nggi bor murojaat qilib, xayrlashuv nutqini o'qiydi. Oq uy xabariga ko'ra, murojaatda kelajakka e'tibor qaratiladi.

Unda, shuningdek, Obama erishgan muvaffaqiyatlar tilga olinadi. Obama demokratiyani himoya qilish uchun odamlarni kurashga chorlaydi, dedi Oq uy maslahatchisi Valeri Jaret.

Obama nutqi kech soat 21:00 da boshlanadi. Prezident Chikago shahridan turib xalqqa murojaat qiladi.

Oq uy so'zlovchisi Jen Psakining aytishicha, nutq davlat rahbarining yillik xalqqa murojaatlaridan qiqaroq bo'ladi. Bunday nutqlar, odatda, bir soat davom etgan.

AQShda prezidentlik saylovida g'olib chiqqan Donald Tramp 20-yanvar kuni qasamyod keltiradi. Shundan so'ng u AQShning rasman 45-prezidenti bo'ladi.

Yordamchilarining aytishicha, oxirgi nutqning qanday yozilishiga Obama alohida e'tibor qaratmoqda.

Nutq o'qish uchun bu tashrif Obamaning prezident sifatida Chikagoga so'nggi safari bo'ladi. Shuningdek, bu kuni u "Air Force One" davlat samolyotida oxirgi marta uchadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG