Breaking News

Obama xalqqa so'nggi hisobotida kelajak haqida so'zlaydi


Obama so'nggi hisobotida AQSh kelajagi haqida so'zlaydi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:48 0:00

AQSh rahbari Barak Obama bugun so'nggi bor xalqqa hisobot beradi. Oxirgi yetti yilda nimalarga erishilgani va erishilmagani xususida prezident va muxolifat turlicha fikrda.

Obama Kongressdagi nutqida asosan muvaffaqiyatlarga urg'u bermoqchi.

"Kompaniyalarimiz 70 oydan beri yangi ish o'rinlarini yaratyapti. Jami 14 million ish joyi yaratildi. Toza energiya sektoriga misli ko'rilmagan sarmoya kiritdik. 17 milliondan ortiq amerikalikni tibbiy sug'urta bilan ta'minladik", - deydi u.

"Obama Amerika xalqining shijoati va bunyodkorligiga qanchalik imkon beradi? - deya so'raydi senator Jon Xoven. "Undan shu haqda eshitishni xohlaymiz. Respublikachilar sifatida biz buyuk davlatimiz raqobatbardosh bo'lsin deymiz".

Yana bir respublikachi senator Mitch Makkonnell shunday deydi:

"Prezident kelajak haqida gapirib, aslida yo'q muvaffaqiyatlarni tilga oladi. Biz uning "Islomiy davlat"ni mag'lub etish bo'yicha haqiqiy reja taqdim etishini xohlaymiz".

Oq uy rasmiysi Denis Makdono deydiki, prezident konkret ishlar haqida gapiradi.

"Bu odatiy, qator siyosiy qarorlar e'lon qilinadigan nutq bo'lmaydi. Yil bo'yi bu narsalarga imkon bor. Prezidentimiz asosan mamlakat kelajagiga, biz yuzlashayotgan muammolarga urg'u bermoqchi", - deydi u.

Obama nutqiga respublikachilar javobini Janubiy Karolina shtati gubernatori Nikki Xeyli taqdim etadi. U konservatorlarning bugungi yulduzlaridan. U vitse-prezidentlikka ko'rsatilishi mumkin degan taxminlar bor.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG