Breaking News

Tramp AQSh sog'liqni saqlash tizimida yangicha islohotlar boshlaydi


AQShda tibbiy sug'urta tizimi yana o'zgaradi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:52 0:00

Qo’shma Shtatlar dunyodagi eng qudratli davlat bo’lsa-da, sog’liqni saqlash tizimi bag’oyat murakkab va tibbiy xizmat nihoyatda qimmat. Barak Obama prezidentligi davrida sistemada islohotlar boshlangan. Yangi qonunga ko’ra, bu mamlakatda yashayotgan har bir shaxs tibbiy sug’urtaga ega bo’lishi shart. Qurbingiz yetmasa, davlat yordam beradi. Yangi prezident esa bu islohotlarni bekor qilishga bel bog’lagan.

Kanzas shtatida Bobbi do’sti bilan mana bu mebel do’konini boshqarar edi.

“Kuniga 12-14 soat ishlab, nima qilib bo’lsa-da, tirikchilik qilardik”, - deydi u.

Bugun do’konga qulf osilgan. Bobbi uni yopdi, chunki davlat talab qilganidek, ishchilarini va o’zini tibbiy sug’urta bilan ta’minlay olmadi.

“Bir umr qilgan mehnatim bir pasda chippakka chiqdi”, - deydi u.

Bobbi hozir asosan uyda. Ishsizlik.

Lekin tibbiy sug’urtasi bor. Unga bu imkoniyatni Prezident Obama tanishtirgan qonun yaratgan. Sug’urtasiz yashay olmagan bo’lardi.

“Oyiga 2500 dollar kerak dorilarim uchun”.

Sug’urta xarajatni qoplaydi. Biroq yaqin orada Kongress uni bu imkoniyatdan mahrum qiishi mumkin. Bobbi yangi sug’urta olishi kerak bo’ladi, juda qimmat.

“Obama aytganidek, bu sug’urta a’lo darajada emas, lekin bizdek odamlar uchun ayni muddao. Nega bekor qilishmoqchi”?

Doktor Donna Suit immunitet taqchilligi virusiga chalinganlarga qaraydi. Katta tajribaga ega mutaxassis. Uning fikricha sog’liqni saqlash tizimidagi islohotlar to’xtamasligi kerak.

“Sug’urtasiz ko’plab odamlar muolajasiz, dori-darmonsiz qoladi”, - deydi shifokor.

Donna Suit nazarida islohotlarni bekor qilish fojiaga yetaklaydi.

"Aynan dorilar sabab virus 96 foiz hollarda boshqalarga o’tmaydi”.

Kanzas shtatida qayerga bormang, bir tomonda yangilik, boshqa tomonda esa muammo.

Mana bu kasalxonani olaylik. Moliyaviy qiyinchiliklar tufayli u yopilgan. Inqirozga islohotlar sabab bo’lgan, deydi mutasaddilar.

2010-yildan beri qishloq joylarda 80 kasalxona shunday holatga tushgan. Islohotlar o’shanda boshlangan edi.

Doktor Greg Hennen ruhiy salomatlik klinikasini boshqaradi.

“Shahrimizda qachon yangi kasalxona ochiladi, bilmaymiz”, deydi u.

Odamlarda sug’urta bor, lekin yaqin joydan kasalxona topish qiyin. Aholi xunob. Sindi Vilyamsning turmush o’rtog’i bir yildan beri ishsiz. Kongress islohotlarni to’xtatmasin, deydi u. Sug’urtasiz sog’liqqa qarash qiyin.

“Yaxshiyam oz bo’lsa-da pul yig’ib qo’ygan ekanmiz, kunimizga yarayapti. Lekin hammada ham bunday emas”, - deydi ayol.

Obama tanishtirgan yangi tartibga ko’ra, 20 million amerikalik tibbiy sug’urtaga ega. Bu dasturni yo’q qilish oson, lekin uning o’rniga hukumat nima taklif qiladi? Oq uydan javob yo’q.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG