Tibbiy marixuana Kaliforniya shtatida 1996-yilda qonuniylashtirilgan bo'lsada, federal qonunlar nuqtai nazaridan sotuv qonunga zid hisoblanadi. Qo'shma Shtatlarda nasha iste'moli atrofida bahslar tinmayapti. Siyosatchilar hamma uchun majburiy bo'lgan bir qarorga kelsin, deydi ko'plar.