Breaking News

Oq uyda iftor, musulmon yetakchilar, diplomatlar taklif etildi


Oq uyda iftor, musulmon yetakchilar, diplomatlar taklif etildi
Oq uyda iftor, musulmon yetakchilar, diplomatlar taklif etildi

Prezident Barak Obama Ramazon oyi munosabati bilan kecha Oq uyda iftor berib, musulmon yetakchilar, Kongress a’zolari va elchilarni taklif etdi.

Mehmonlarga murojaatida prezident Obama musulmonlarning jamiyatdagi roli, bu mamlakat ravnaqiga qo’shgan hissasi haqida so’zladi.

“2001-yilning 1- sentabr fojiasiga yaqinda 10 yil to’ladi. Hujum paytida voqea joyiga yetib borgan qutqaruvchilar, politsiyachilar, tez yordam xizmati xodimlari orasida musulmonlar talaygina edi. Ular yurtdoshlari hayotini saqlab qolgan, o’z jonini fido qilgan qahramonlardir”, - deydi Obama.

Islom Amerikaning bir qismi, deydi prezident. Xavfsizlik, mudofaa, razvedka, biznes, sport, har sohada bu din vakillari bor.

Barak Obamaning ta’kidlashicha, Qo’shma Shtatlar dunyo bo’ylab inson huquqlari himoyasida turadi. G’alayonlar domiga tortilgan Yaqin Sharqda ham, ocharchilik hukm surayotgan Afrikada ham.

Oq uyda o’tgan iftorda o’nlab davlatlardan elchilar taklif etildi, jumladan Ozarbayjon, Turkiya, shuningdek, O’zbekistonning Vashingtondagi elchisi Ilhom Ne'matov.

XS
SM
MD
LG