Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining matbuot erkinligi bo'yicha vakili Dunya Miyatovich Tojikistonga safari chog'ida Markaziy Osiyo davlatlarini internetga to'siq qo'yish emas, uni rivojlantirishga chaqirdi.
Miyatovich bugun Dushanbeda 13-Markaziy Osiyo matbuot anjumanining ochilish marosimida so'zlagan. Tadbirda matbuotda fikr erkinligi va internet ustidan nazorat muhokama etilmoqda.
"Hukumatlar aholining internet haqidagi bilimini kuchaytirishi lozim, chunki ilmli odam ilg'or texnologiyadan mas'uliyat bilan, zarur ehtiyoj uchun foydalanadi", - deydi Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining matbuot erkinligi bo'yicha vakili.
"Markaziy Osiyoda internet tahdid ostida. Onlayn sahifalar uchun maqolalar yozuvchi jurnalistlarning ta'qibga olinayotgani, ayrim sahifalarga to'siq qo'yilayotgani internetni yemirmoqda", - deydi u.