Breaking News

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti rasmiysi Tojikistonda


"Jamiyat rivojlanishi uchun hukumatdagilar matbuotdagi maqola va dasturlarga chidamliroq bo’ishi, tanqidni shaxsiyatni haqoratlash deb tushunmasligi lozim"
"Jamiyat rivojlanishi uchun hukumatdagilar matbuotdagi maqola va dasturlarga chidamliroq bo’ishi, tanqidni shaxsiyatni haqoratlash deb tushunmasligi lozim"

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining matbuot erkinligi bo’yicha mas’ul rasmiysi Dunya Miyatovich Tojikistonda ommaviy axborot vositalari xilma-xilligi va qonunchilik islohoti bobida yordam taklif qilmoqda.

Uch kunlik tashrif bilan borgan Miyatovich Tashqi ishlar vaziri Hamroxon Zarifiy, Ichki ishlar vaziri Abdurahim Qahorov, parlament vakillari Olim Salimzoda, Akramsho Felalievn, nodavlat tashkilot a'zolari va boshqalar bilan ko’rishdi.

“Tojikiston eshiklari ochiq ekanidan xursandman. Mamlakat raqamli televideniye va radioga o’tayotgan bir paytda sohada hukumat molopoliyasini sekin-asta tugatgan ma’qul”, - dedi Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti rasmiysi.

"Raqamli sistemadan ham davlat, ham xususiy ommaviy axborot vositalari foyda ko'radi. Mamlakatning uzoq shahar, viloyatlarida erkin, xususiy bosma va elektron matbuot rivojlanishi lozim", - dedi u.

Dunya Miyatovich Ommaviy Axborot vositalari haqidagi qonunga tuzatish kiritish borasida maslahat berishga tayyor.

U Bi-Bi-Si muxbiri O’rinboy Usmonov, "Nuri Zindagi" korrespondenti Mahmadyusuf Ismoilov bilan yuzma-yuz gaplashgan. Ikki jurnalist yaqinda qamoqdan qo’yib yuborilgan edi.

“Jamiyat rivojlanishi uchun hukumatdagilar matbuotdagi maqola va dasturlarga chidamliroq bo’ishi, tanqidni shaxsiyatni haqoratlash deb tushunmasligi lozim”, - dedi Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining matbuot erkinligi bo'yicha rasmiysi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG