Breaking News

Tinch okeanida Texasdek chiqindi massasi to'plangan


Gavayi: Tinch okeani sohillaridagi ekologik vaziyat
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:59 0:00

Gavayi: Tinch okeani sohillaridagi ekologik vaziyat

Inson suvga tashlaydigan chiqindilarnng katta qismi okeanlarda to’planadi. Yillar davomida suzib yuradigan tonnalab axlat ona tabiatni zaharlaydi.

Millionlab tonna plastmassa daryo va kanallarga tashlanadi, so’ngra okeanga oqib ketadi.

Gavayi universiteti olimlari bu chiqindining hayvonot va o’simliklarga ta’sirini o’rganish uchun ekspeditsiyaga chiqdi.

Axlat okeanlarda tabiiy ravishda hosil bo’ladigan o’ramalarda to’planadi, bunday joylardan beshtasini bilamiz, deydi olim Deyv Karl.

“O’ramaning markaziga yaqinlashgan sari suv sokinlashadi. Demak, axlat ularda qopqonga tushgandek tiqilib qoladi,” - tushuntiradi u.

Tinch okeanidagi chiqindi maydoni Texash shtatidek keladi. Ammo o’tib ketayotgan kemalar ko’pincha buni payqamaydi, deydi Karl.

“Ko’rgan odamlar buni bahaybat bir plastmassa bo’lagi deb tasavvur qiladi. Go’yo kemadan sakrab tushib, uning ustida yurish mumkindek. Aslida unday emas”.

Kuchli to’lqinlar natijasida plastmassa darhol kimyoviy massaga aylanadi. Gavayidagi Sharq-G’arb tadqiqot markazidan Allen Klark deydiki, oxir-oqibat planktonlarga yem bo’ladigan bu massa nihoyatda xavfli.

“Planktonlar meduzalarga, meduzalar kattaroq baliqlarga yem bo’ladi. Ozuqa zanjiri shu tariqa davom etib, tunets va boshqa turdagi baliqlargacha yetib boradi. Plastmassa chiqindi tarkibida karsinogenlar, ya’ni saraton kasalligini qo’zg’atuvchi moddalar bor. Bular baliq organizmiga singib ketadi,” - deydi Klark.

Oqibatda suv havzalari va plyajlar ifloslangan, ovqatdan esa zaharli kimyoviy moddalar topiladi. Olimga ko’ra, okeandagi chiqindilarning kattagina qismi parchalangani yoki cho’kib ketgani tufayli ko’zga ko’rinmaydi.

“Okeandagi bahaybat plastmassa uyumlari haqida gapirganda, aslida bu muammoning bir kichik bo’lagi xolos,” - deydi u.

Ekspeditsiya shimoliy Tinch okeanidagi ekologik ahvolni o’rganmoqda. Sayyoramizning boshqa nuqtalarida ham ahvol shu.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG