Afg’oniston va Pokiston chegarada tinchlik bo’lsin desa, avvalo o’zaro aloqalarni yaxshilashi zarur. Ikki davlat qonunchilari, tadbirkorlari va fuqaro jamiyati vakillari ishtirokida Islomobodda o’tgan konferensiyada bu bosh mavzu edi.
Pokiston bosh vazirining xavfsizlik va tashqi aloqalar bo’yicha maslahatchisi Sartoj Aziz anjuman so’nggida qatnashchilarga murojaat qildi.
Uning aytishicha, so’nggi oylarda Afg’oniston bilan ham rasmiy, ham norasmiy darajadagi muloqotlar natijasida oradagi ziddiyatlar biroz yumshagan va ishonchli aloqalar yo’lga qo’yilmoqda.
U dunyo hamjamiyatini Afg’onistonga yordamni uzmaslikka undadi, toki 1990-yillardagi vaziyat takrorlanmasin.
“Urush chegaradan oshib, qo’shni davlatlarga ham beqarorlik olib kelishi, qochqinlar ko’payishi, qurol-aslaha va qoradori oqimi oshishi mumkin. Bunday vaziyatdan Pokiston eng ko’p aziyat chekadi”, - deydi Sartoj Aziz.
“Afg’oniston Oliy tinchlik kengashi va Tolibon o’rtasida bevosita muzokarani yo’lga qo’yishga harakat qilayapmiz, lekin toliblar hali ko’nmadi. Nazarimda, qachonki Afg’oniston deya atalmish katta bir oilada hamma bir-biriga quloq tutib, birgalikda ishlashni o’rgansa, shunda oldinga siljish bo’ladi”, - deydi mulozim.
Sartoj Aziz bu jarayonda Pokistonning roli va salohiyatiga ham real baho berish kerakligini ta’kidlaydi.
“Ta’sir kuchiga egamiz, ammo bu har qanday guruhga ham so’zimiz o’tishini anglatmaydi”.
Qandahordan qonunchi Xolid Pashtun fikricha, Pokiston Afg’onistonda muayyan bir guruhni yoqlamayotgani to’g’ri qaror va ikki mamlakat orasida kuchli hamkorlikni shakllantirish uchun xizmat qiladi.
Islomobodda o’tgan anjumanda Pokiston bosh vazirining xavfsizlik va tashqi aloqalar bo’yicha maslahatchisi Sartoj Aziz Afg’oniston regionda hukmronlik uchun kurash maydoniga aylangani haqidagi savollarga ham javob berdi.
“Hindistondan afg’on armiyasi malakasini oshirishda yordam so’ralgan, bu ishga hamma davlatlar hissa qo’shgani yaxshi. Xorijiy qo’shinlar chiqib ketganidan keyin Afg’oniston ichki ishlariga aralashmaymiz deb aytganmiz. Ammo qo’shni davlatlar, jumladan Hindiston, Eron va Markaziy Osiyo davlatlari ham bunga amal qilishi kerak. Shunda hammamiz Afg’oniston xavfsizlik kuchlarini oyoqqa turg’izish va iqtisodiyotini ko’tarishda haqiqatdan ham ko’mak ko’rsatgan bo’lamiz”, - deydi Pokiston rasmiysi.
Mahalliy qonunchi Xolid Pashtunning ta’kidlashicha, Hindiston Afg’onistondan o’z manfaatlari yo’lida foydalanayotgani haqidagi da’volar o’rinsiz.
“Afg’oniston raqobat maydoni emas va hech bir davlat undan bu maqsadda foydalanmasligi kerak. Prezident Hamid Karzay AQShga, shu jumladan boshqa davlatlarga ham afg’on zaminidan uchinchi bir davlatga qarshi foydalanmang deb ochiq aytgan”, - deydi afg’on deputati.