Pokiston armiyasi rahbari kecha Kobulda bo’lib, afg’on qo’mondonlari va NATO mulozimlari bilan gaplashdi.
Bir hafta oldin Pokiston va afg’on askarlari chegarada o’q almashgan, koalitsiya esa Afg’onistonni tark etayapti.
Pokiston qurolli kuchlari shtabi rahbari, noyabrda ishga kirishgan Rahil Sharif Afg’onistonga birinchi kelishi. Xalqaro qo’shinlar mamlakatni tark etar ekan, ikki qo’shni kelisha olishida endi uning o’rni katta.
Sharif afg’on mudofaa ma’murlari va xalqaro koalitsiya liderlari bilan ko’rishdi. Xizmati tugab borayotgan prezident Hamid Karzay bilan muloqot rejada yo’q.
Afg’oniston rasmiysi Ahmad Shakib Mustag’ni so’zlariga ko’ra, ishtirokchilar mintaqaviy xavfsizlik, jumladan, yaqinda chegarada ro’y bergan otishmani muhokama qilgan.
Otishma Dyuran chizig’i nomi ostida tanish, chegaraning toliblar va boshqa jangarilar faol hududga yaqin qismida ro’y bergan. Ham Pokiston, ham Afg’oniston harbiylari chegaradan qatnovchi jangarilarni nishonga olib keladi.
Kobulning izohiga ko’ra, oxirgi bir haftaning o’zida Pokiston tomoni Afg’onistonni uch bora o’qqa tutgan. Pokiston rasmiylari esa afg’onlarni o’t ochganlikda ayblayapti. Hech kimga ziyon yetmagan.
Afg’oniston mudofaa vazirligi so’zlovchisi, general Davlat Vaziriy Pokistondan jangarilar pinhona kirib kelayotganini xavotir bilan aytadi.
Muzokaradan maqsad mana shu muammolarni hal qilib olish, deydi u.
Xalqaro koalitsiya tomonidan general Jozef Danford uchrashuvda ishtirok etdi.
Bu orada prezident Karzay to’rt kunlik tashrif bilan Xitoyda.
Afg’oniston rahbarining xizmat muddati tugab borayapti. 14-iyunda prezident saylovlarining ikkinchi bosqichida sobiq moliya vaziri Abdulla Abdulla va Jahon Banki sobiq mulozimi Ashraf G’ani o’zaro bellashib, navbatdagi rahbar kim ekani ma’lum bo’ladi.