Breaking News

AQSh mudofaa vaziri Pokistonga harbiy yordamni to'xtatdi


AQSh harbiylarining aytishicha, Pokiston uchun atalgan 300 million dollarlik harbiy yordam to'xtatib turilibdi.

"Mablag' Pokiston hukumatiga berilmaganining sababi shundaki, mamlakat Haqqoniy tarmog'iga qarshi yetarli darajada chora ko'rmagan", - deydi Pentagon so'zlovchisi Adam Stamp.

AQSh tomonidan terrorchi tashkilot sifatida tamg'alangan Haqqoniy tarmog'i Afg'oniston-Pokiston chegarasida faoliyat yurituvchi zo'ravon isyonchi guruhdir.

AQSh Kongressi Pokiston uchun atalgan bir milliard dollarlik harbiy yordamning 300 milliondan ko'prog'i Mudofaa vaziri Eshton Karter Pokistonning jangari guruhga qarshi yetarli chora ko'rganini tasdiqlagandagina berilishini belgilab qo'ygan edi.

To'lov 30-iyungacha o'tkazilishi lozim edi. Ammo Karter bunga ruxsat bermagan. Pokistonga harbiy yordam berish uchun ilk bor mudofaa vaziridan ruxsat so'ralishi.

Kongress 2016-yil uchun Pokistonga 900 million dollarlik harbiy yordam ajratgan. Shundan 350 millioni Haqqoniy tarmog'iga qarshi munosib kurash olib borilgani tasdiqlangan taqdirdagina berilishi shart qilib qo'yilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG