Breaking News

Pokiston Amerikaga do'stmi yoki dushman?


12-iyul kuni AQSh Kongressida o'tgan tinglovda qonunchilar va ekspertlar Pokistonni terrorizmga qarshi kurashda ikki tomonlama o'yin o'ynayotganlikda aybladi.

"2001-yil, 11-sentabrdan buyon AQSh Pokistonga o'nlab milliard dollar yordam ajratgan”, - deydi kongressmen Mett Selmon.

“Bu davlat terrorizmga qarshi kurashda bizga hamkor bo'ladi deb o'ylagandik. Afsuski, Pokiston harbiylari va razvedkasi terrorchi guruhlar bilan hamon aloqani uzgani yo'q.

Pokiston qo'llab-quvvatlayotgan olti asosiy guruh: afg'on Toliboni, Haqqoniylar, Mulla Nazir guruhi, Lashkari Toiba, Harakatul Mujohiddin va Jayshe Muhammad. Hukumat ulardan tashqi siyosatda qurol sifatida foydalanadi, deydi harbiy sharhlovchi Bill Rojio.

"Bu guruhlar Islomobodga raqibi Hindistonga qarshi qo'llash uchun, shuningdek, Afg'onistonga nisbatan ta'sir kuchini saqlab qolish uchun kerak", - deydi u.

Bill Rojio Pokistonda harbiylar dastaklaydigan siyosat natijasida jihodchi mafkura ham keng yoyilganini qayd etadi.

Joriy yil may oyida Afg'oniston Toliboni rahbari Mulla Axtar Pokistonda, AQSh havo hujumida o'ldi. Davlat departamentining terrorizm bo'yicha so'nggi hisobotida qayd etilishicha, Islomobod Tolibon va Haqqoniylar to'dasiga qarshi hozirgacha jiddiy chora ko'rmagan. Afg'oniston rahbariyati ham shuni ta'kidlab keladi.

AQShning Afg'oniston, Iroq va BMTdagi elchisi bo'lgan Zalmay Halilzod deydiki, Pokiston ikki yo'ldan birini tanlashi kerak. Mamlakat jihodchi guruhlar bilan hamkorlikdan voz kechib, AQShdan madad olishda davom etadi.

"Yoki sanksiyalar bilan yuzlashib, Shimoliy Koreya singari xalqaro sahnada yakkalanib qoladi".

Halilzod Islomobodga aynan shunday shart qo'yishni tavsiya qilmoqda. Pokiston terrorizm homiysi ekani ayon, deydi u. Shunga qaramasdan, 2002-yildan buyon Amerika bu davlatga 33 milliard dollar ko'mak bergan va berishda davom etmoqda.

Munosabatlarni qayta ko'rib chiqish vaqti keldi, deydi sobiq diplomat.

Maqolaning video ko'rinishi "Xalqaro hayot" dasturida:

Xalqaro hayot - 14-iyul, 2016
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:01 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG