Pokiston armiyasi bugun Shimoliy Vaziristonda jangarilarni havodan o’qqa tutib, 27 nafarini o’ldirgan. Terroristlar yashiringan olti manzilga raketa yog’dirilgan.
Pokiston mulozimlarining aytishicha, o’lganlarning ko’pi Afg’oniston bilan chegaradosh bu hududda jon saqlayotgan O’zbekiston islomiy harakati vakillari.
Pokiston Bosh vaziri Navoz Sharif bugun parlamentda so’zlab, toliblar bilan muzokarani to’xtatish va hujumlarga zo’r berish qarorini izohlaydi.
Hukumat kecha Afg’oniston bilan chegaradosh viloyatlarni al-Qoidaga aloqador ajnabiy va mahalliy jangarilardan tozalash kampaniyasini e’lon qilgan edi.
O’tgan hafta Karachidagi aeroport terrorchilar hamlasiga uchrab taxminan 40 odam jon bergan edi. Shulardan 10 nafari toliblar bo’lgani ma’lum. Hujumni Pokiston Toliboni va O’zbekiston islomiy harakati birga amalga oshirganini da’vo qilmoqda.
Kecha, shuningdek, Pokiston armiyasi tunda Shimoliy Vaziristonda 80 terrorchini yo’q qilganini aytgan. Asosan, o’zbek jangarilar o’ldirildi, deydi rasmiylar.