Breaking News

Human Rights Watch: Pokistonda shialar qamalda


Pokistondagi portlashlar 115 odamni, asosan, shialarni hayotdan olib ketgan, qariyb 250 fuqaro jarohat olgani ma’lum.

Guvohlar kechani oxirgi yillardagi eng qonli kunlardan biri deya ta’riflaydi.

Inson huquqlari himoyasi bilan shug’ullanuvchi Human Rights Watch tashkiloti mamlakatda shialar vahimada, qamal holatida yashayapti, deya ogohlantiradi.

Xususan, kecha Kvetta shahrida shialar orasida mashhur bilyardxonada portlash ro’y berib, 82 kishi nobud bo’lgan.

Undan bir necha soat oldin shahardagi bozorda xuruj sodir etilib, yana o’nlab odam jon bergan.

Human Rights Watch vakili Ali Dayan Hasanning aytishicha, o’tgan yili Pokistonda 400 dan oshiq shia o’ldirilgan. Ahvol yanada og’irlashishi aniq, deydi ekspert.

Lashkari Jangaviy sunniy jangari guruhi kechagi hujumni amalga oshirganini da’vo qiladi.

Aholisi 160 millionni tashkil etgan Pokistonda shialar 20 foiz atrofida.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG