Pokistonda shanba kuni o’tgan parlament saylovlaridan so’ng sobiq bosh vazir Navoz Sharif partiyasi hisoblarga ko’ra oldinda ketmoqda. Uning Pokiston Musulmon ligasi hukumat tuzish uchun yetarli miqdorda deputatlik mandatini qo’lga kiritgan bo’lishi mumkin.
Sobiq sport yulduzi Imron Xonning “Tahriki Insof” partiyasi hozircha ikkinchi, marhum bosh vazira Benazir Bxuttoning Xalq partiyasi esa Milliy Majlisdagi 272 o’rin uchun uchinchi o’rinda.
Saylov komissiyasi rasmiylari hisobicha, Tolibon do’q-po’pisalariga qaramay saylovchilarning 60 foizi konstitutsion burchini bajargan.
Saylov kuni jangarilar bir necha xuruj uyushtirib, kamida 24 kishini o’ldirgan, 10 nafari Avomi Milliy partiya idorasida jon bergan.
Imron Xonning aytishicha, saylovda ovozlarni soxtalashtirish hollari kuzatilgan va “Tahriki Insof” partiyasi saylov komissiyasiga shikoyat yo’llamoqchi.
Navoz Sharif rasmiy raqamlar e’lon qilinmasidan oldin g’alabasini nishonlamoqda. U barcha siyosiy partiyalarga murojaat qilib, inflyatsiya, ishsizlik, toliblar va energiya kamomadi kabi muammolarga qarshi kurashishda hamkorlikka chaqirgan.
63 yoshli arbob 1990-1993 hamda 1997-1999 yillarda bosh vazir bo’lgan.