Pokistonda hukmron Xalq Partiyasi To’qimachilik sanoati vaziri Mahdum Shahobiddinni bosh vazirlikka nomzod etib ko’rsatdi. Biroq hujjatlarini topshirib ulgurmasdanoq, uni hibsga olish haqida sud hukm chiqargan.
Mahalliy matbuotning xabar berishicha, Mahdum Shahobiddin sog’liqni saqlash vaziri bo’lib ishlagan davrda dori importiga doir qonunlar buzilgan. Uning o’zi ayblovni qat’iyan rad etadi.
Shu hafta Pokiston Oliy Sudi amaldagi Bosh vazir Yusuf Rizo G’iloniyni sudga nisbatan hurmatsizlik va itoatsizlikda aybdor deb topib, uni lavozimidan chetlatishni buyurdi. Sabab G’iloniy prezident Osif Ali Zardariy ustidan korrupsiya gumoni bilan tekshiruv boshlashga yo’l qo’ymaganidir.
Oliy Sud qarorini “adolat g’alabasi” deya olqishlayotgan muxolif partiyalar yangi saylov o’tkazishga chaqirmoqda. Ular ham bosh vazirlikka o’z odamlarini ko’rsatmoqda.
Hukmron partiyadan da’vogar, To’qimachilik vaziri Mahdum Shahobiddinni hibsga olish haqidagi qaror, deydi ekspertlar, uning nomzodligiga ta’sir ko’rsatmasligi mumkin. Chunki Pokiston Xalq Partiyasi parlamentda ko’pchilik o’ringa ega.
Rasmiy xabarlarga ko’ra, uning nomzodi ovozdan o’tmagan taqdirda ham hukmron partiyadan boshqa bir federal vazir - Raja Parvez Ashraf bosh vazirlikka ko’rsatilishi mumkin.
Siyosatdonlar fikricha, Pokistondagi siyosiy beqarorlik korrupsiyaga botgan, jangari hujumlaridan toliqqan hamda AQSh bilan aloqalari sovuqlashgan mamlakatda ahvol yanada izdan chiqishiga xizmat qiladi.