Breaking News

Pokistonda poliomiyelitga qarshi emlash kampaniyasi jonlandi


Pokistonda koronavirus sabab mart oyida to’xtab qolgan bolalarni poliomiyelitga qarshi emlash kampaniyasi bugundan jonlandi. Hukumat 5 kunda salkam 800 ming bolani emlashni rejalamoqda.

Dunyoda faqat ikki davlatda poliomiyelit qolgan – Pokiston va unga qo’shni Afg’onistonda. Emlash dasturining to’xtatilishi kasallarning ko’payishiga sabab bo’ladi degan xavotir mavjud edi.

Emlash bilan shug’ullanayotgan mutaxassislar niqob va qo’lqopda ishlamoqda, ularga bolalar bilan imkon qadar kamroq jismoniy aloqada bo’lish buyurilgan.

“Vaksinani tomizish paytida ota-onalar bolalarni ushlab turishi kerakligini aytdik", - deydi rasmiy Muhammad G’ulom Mohiuddin.

Rasmiy manbalarga ko’ra, 2020-yilda Pokistonda 60 bola poliomiyelitga chalingan.

Mamlakatdagi ayrim dindorlar, xususan, Peshovar shahrida emlash kampaniyasiga qarshi chiqmoqda. Ular vaksina bolalarni kasal qilyapti, degan mish-mish tarqatishi ketidan shimoli-g’arbdagi Xaybar-Paxtunxva viloyatida to’qnashuvlar, tibbiy xizmatchilarga hujumlar kuzatildi. Falaj kasali bilan og’rigan bolalarning aksariyati shu viloyatdan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG