Xalqaro huquq tashkiloti Pokiston armiyasi va Tolibonni inson huquqlarini poymol etayotganlikda, xususan, asossiz qamoqqa olib, qiynoqqa solish va qotilliklarda ayblab, tanqid qilmoqda.
Xalqaro Amnistiya (Amnesty International) tashkiloti hisobotiga ko’ra, Pokiston-Afg’oniston chegarasidagi qonunlar ishlamaydigan hududda millionlab odamlar azob, xo’rlikda yashashga majbur.
Guruhning bildirishicha, hibsdagi fuqarolar tahqirlanishi va g’oyib bo’lishida Pokiston harbiylarining qo’li bor.
Qamoqqa olingan odamlarning jasadlari oilasiga qaytarilgan yoki ko’cha-kuyga tashlab ketilgan hollarni dalillar bilan keltirishimiz mumkin, deyiladi tashkilot hisobotida.
Aksariyatining badanida qiynoqlar, kaltaklash alomatini ko’rasiz, deydi Xalqaro Amnistiya rasmiysi Polli Traskott.
Uning aytishicha, ham zobitlar, ham toliblar qilmishi jazosiz qolishini biladi.
Chunki Pokistonning qabilaviy hududlarida aholi sudlarga murojaat qilish, arz bilan chiqish imkoniga ega emas.
Pokiston armiyasi ayblovlarni soxta, uydirma, deya rad etadi.