Shimoli-g'arbiy Pokistondagi harbiylar qarorgohida uyushtirilgan hujum oqibatida kamida uch askar o'lgan va yana yetti kishi yaralangan.
Xuruj Svat vodiysining askarlar mashq qiladigan hududida yuz bergan.
Guvohlarning aytishicha, armiya rasmiylari voleybol o'ynayotganda bomba portlagan.
Hujum uchun mas'uliyatni Pokiston Toliboni o'z zimmasiga oldi. Guruh ko'plab odam o'lganini da'vo qilmoqda.
Svat vodiysi 2009-yilgacha Pokiston Tolibonining eng kuchli tayanch markazi hisoblangan. Shu yili mamlakat armiyasi katta harbiy amaliyot boshlab, mintaqani jangarilardan tozalagan edi.
Shundan beri hududda tinchlik hukmron. Vodiyga mahalliy va xorijlik sayyohlar tez-tez kelib turadi. Pokiston Shveysariyasi deb ataladigan bu joyda ektremistlar harakati deyarli butunlay to'xtagan edi.
So'nggi xuruj esa bu haqdagi tasavvurlarni o'zgartirishi mumkin.
Facebook Forum