Pokistonning milliy xavfsizlik va tashqi siyosat bo’yicha davlat maslahatchisi Sartaj Aziz AQShning Afg’oniston siyosatini tanqid ostiga oldi. Uning aytishicha, Vashington Afg’onistonda terrorizmga barham berish, iqtisodiyotni rivojlantirish hamda barqarorlik o’rnatish bo’yicha o’z maqsadlariga erisha olmadi. U, shuningdek, AQShni Pokiston hududida dron hujumlarini to’xtatishga chaqirdi.
Pokiston Bosh vaziri Navoz Sharif Islomobod va Vashington o’rtasidagi munosabatlarni yaxshilashga va’da bergan. Shu bois u AQShning Afg’oniston siyosati haqida munosabat bildirishdan o’zini tiyib kelayotgan edi. Buning o’rniga rasmiy Islomobod Kobul va Tolibon o’rtasida tinchlik muzokaralarini jonlantirishga e’tiborini kuchaytirgan.
Ammo Sharifning milliy xavfsizlik va tashqi siyosat bo’yicha maslahatchisi Sartaj Aziz ilk bor AQShning Afg’oniston siyosatini tanqid ostiga oldi. U Pokistonda jangarilar faoliyatining kuchayishini ham Vashingtonning Afg’onistondagi sustkashligi bilan bog’ladi.
“Ular Afg’onistonga tinchlik olib keldimi? Yo’q. Terrorizmga barham berdimi? Yo’q. Afg’onistonni tarraqqiyot sari boshladimi? Yo’q. Barqaror demokratiya o’rnatildimi? Yo’q. Demak, ular o’z maqsadlarining hech biriga erishmadi. Ammo biz uchun yangi muammolarni yaratdi”, - dedi Pokiston rasmiysi.
Tolibonga aloqador jangari guruhlar Pokiston ichida qonli hujumlarni kuchaytirmoqda. Oxirgi yillarda minglab odamlar, jumladan, davlat xavfsizlik xodimlari ana shunday qo’poruvchilik harakatlari qurboni bo’ldi. Pokiston armiyasi qarshi hujum choralarini kuchaytirishiga qaramay, Afg’oniston bilan chegaradosh shimoli-g’arbiy hududlarda jangarilar chuqur ildiz otgan.
Sartaj Azizning aytishicha, qo’shni o’lkada tinchlik va murosaga erishilmasa, xalqaro kuchlar mamlakatni tark etishi bilan chegaraning har ikki tomonida ekstremist guruhlar harakati jonlanadi.
“Agar ichki kurash kuchayadigan bo’lsa, uning ta’siri chetga ham yoyiladi. Shuning uchun biz Afg’onistondagi tomonlar o’rtasida tinchlik kelishuviga erishish uchun qattiq harakat qilyapmiz. Biz Afg’onistonning ichki ishlariga aralashmoqchi emasmiz. Ammo o’tish davrining siyosiy va xavfsizlik nuqtai nazaridan silliq amalga oshishida vositachilik qilishni xohlaymiz”, - dedi Aziz.
AQSh esa o’z navbatida Pokistonni Afg’oniston jangarilariga boshpana berganlikda ayblaydi. Vashington nazarida, mahalliy va xalqaro kuchlarga qarshi chegara ortidan uyushtirilgan ayrim hujumlarda Islomobodning qo’li bor. Tashqi aloqalar bo’yicha Kongress qo’mitasi raisi Ed Roys o’tgan oy Afg’onistonga bag’ishlangan tinglovda shu haqda gapirdi.
“Pokistonning harbiy va xavfsizlik kuchlari Tolibonni qo’llab-quvvatlash orqali vaziyatni chigallashtirishda davom etmoqda. Pokiston ikki xil o’yin o’ynayapti. Bir tomondan AQSh bilan hamkorlik qilayotgan bo’lsa, ikkinchi tomondan Afg’onistonni demokratik yo’l bilan saylangan hukumat nazorati ostiga keltirish bo’yicha qilayotgan ishlarimizga xalal beryapti”, - dedi u.
Pokiston maslahatchisi Aziz chorshanba kungi bayonotida AQShni yana bir bor chegaradagi qabilaviy hududlarda amalga oshirilayotgan dron hujumlarini to’xtatishga chaqirdi.
“Ular muhim nishonlar deb ataydigan har qanday ob’yekt nazorat ostiga olingan. Ular uchun endi hujumlarni bas qilish fursati keldi”, - dedi u.
AQSh Markaziy razvedka boshqarmasiga tegishli dron hujumlari dasturi uzoq vaqtdan beri Vashington va Islomobod o’rtasida asosiy tortishuv mavzusi bo’lib keladi. Pokistonga ko’ra, raketa hujumlari mamlakat suverenitetiga tahdid bo’lib, ko’plab oddiy fuqarolarning o’limiga hamda jangari guruhlarning ko’payishiga sabab bo’lmoqda. AQSh rasmiylari esa hujumlar ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishini hamda faqat terror manbalari nishonga olinishini ta’kidlaydi.