Pokiston armiyasi ma’lumotiga ko’ra, seshanba kuni afg’on chegarasiga yaqin Shimoliy Vaziriston mintaqasida jangarilar bazasi havodan nishonga olingan.
Harbiy samolyot va jangovar vertolyotlar hujumida 40 jangari yo’q qilingan. Shulardan 33 tasi o’zbek, uch nafarining esa Germaniyadan ekani aytiladi.
Yakshanba kuni Tolibon shimoli-g’arbdagi Bannu shahrida harbiy kolonnaga hujum qilib, 26 zobitni o’ldirgan. Dushanba kuni esa shimoldagi Ravalpindi shahrida bir odam o’zini armiya bosh qarorgohi yonida joylashgan bozorda portlatib, 13 kishini nobud qilgan. Tolibon xuruj uning ishi ekanini ma’lum qilgan.
Kechagi havo hujumida nobud bo’lgan o’zbeklarning O’zbekiston Islomiy Harakatiga a’zo ekani aytiladi. Ular orasida Farhod O’zbek degan qo’mondon bo’lgan.