Breaking News

Pokistonda Tolibon qo'mondoni harakatdan ajralayotganini ma'lum qilgan


AQShning pilotsiz samolyoti
AQShning pilotsiz samolyoti

Pokistondagi Tolibon qo'mondonlaridan biri tinch aholiga qarshi xurujlarni qoralab, guruhdan chiqishini ma'lum qilgan. Fozil Saidning muxbirlarga aytishicha, u Hurram viloyatida Tahriki-Tolibon guruhiga yetakchilik qilgan.

"Tolibon rahbarlarini masjidlar va begunoh odamlarga qarshi xurujlarni bas qilishga bir necha bir chaqirganman", - deydi u.

Pokiston razvedkasiga ko'ra, bugun Janubiy Vaziriston mintaqasida AQSh havo hujumida kamida sakkiz jangari yo'q qilingan. Hududda Tolibon va al-Qoida agentlari faol. Qo'shma Shtatlar bir necha oydan beri pilotsiz samolyotlar vositasida hududni o'qqa tutib keladi.

Shimoliy Vaziristonning Miron Shoh shahrida esa Shokirullo Shokir ismli Tolibon qo'mondoni noma'lum kimsalar tomonidan otib ketilgan. Qotillik sabablari aniq emas.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG