Yaqinda Afg’onistonda bo’lib qaytgan AQSh Mudofaa vaziri Leon Panettaning aytishicha, urushda burilish yasalmoqda. Panetta safar chog’ida AQSh qo’shinlari va Afg’oniston rahbarlari bilan uchrashdi.
Leon Panettaning aytishicha, u bilan gaplashgan Amerika qo’mondonlari va Afg’oniston rasmiylari ko’p yillik harakatlar samara berayotganini, Qo’shma Shtatlarning Afg’onistondagi strategiyasi to’g’riligini tasdiqladi.
Amerika mudofaa vaziriga ko’ra, zo’ravonliklarning besh yil davom etgan o’sish sur’ati to’xtatildi, Tolibon qo’ldan boy bergan hududlarning birortasini so’nggi bir yilda qayta ishg’ol eta olmadi.
Xalqaro qo’shinlar 2014-yil oxirigacha Afg’onistonni tark etishi kutilar ekan, jangarilar diqqatni o’ziga tortish uchun bundan keyin ham hujumlar uyushtirib turadi, deydi Panetta.
Vazir Oq uy va Kongressning byudjet yuzasidan kelisha olmayotganini tanqid qildi. Uning aytishicha, yangi yilgacha hujjat qabul qilinmasa, qator dasturlar uchun mablag’lar kesiladi, jumladan mudofaa xarajatlari uchun ham.
Vashingtonlik tahlilchi Todd Xarrisonning aytishicha, buning natijasida kamomad 10 yilda 500 milliard dollar atrofida bo’lib, Mudofaa vazirligi 80 ming xodimidan ayrilishi mumkin.
"Harbiy tayyorgarlik, ta’mirlash ishlari, kadrlar – bularning barchasi 10 foizga qisqaradi", - deydi ekspert.
Mudofaa vaziri Panetta tomonlar murosaga kelmasa, dushmanlar bundan ruhlanib, barcha ishimiz, shuncha qurbonliklar zoye ketadi, deydi.