Breaking News

Iqlim isishiga oid Parij bitimining kelajagi mavhum


Iqlim kelajagiga oid Parij bitiminng taqdiri
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:44 0:00

"Katta Yigirmalik"ka a'zo ko'plab davlatlar iqlim o'zgarishiga oid 2015-yilgi Parij kelishuvi shartlarini bajarishning uddasidan chiqa olmayapti. Agar AQSh prezidenti etib saylangan Donald Tramp bitimdan chiqishga qaror qilsa, ahvol yanada og'irlashishi mumkin.

London Iqtisodiyot maktabi tadqiqotchisi Samuel Fenkxauzerning aytishicha, AQSh, Argentina, Avstraliya, Kanada, Saudiya Arabistoni va Turkiya zararli gazlar miqdorini kamaytirishga qaratilgan choralarni ko'rishda oqsayapti.

"Reja va qonunlar bormi? Gazlarni kamaytirishga xizmat qiladigan rag'batlar bormi? Masalan, AQShda Toza energiya rejasi bor. Lekin bu ham tor doirada. Mamlakatni to'liq qamrab oladigan dastur yo'q", - deydi u.

Bu boradagi yangi hisobot Marokashda global iqlim o'zgarishiga oid sammit o'tayotgan bir paytda e'lon qilindi. Marokashda delegatlar Parij kelishuvining qo'shimcha shartlari yuzasidan fikr almashdi.

"Parij bitimi 110 davlat tomonidan ratifikatsiya qilindi. Kelishuv puxta emas, shu 110 davlat yana o'zaro tortishib ketishi mumkin. Ammo xohish-iroda bor. Davlatlar qaysi yo'ldan borish kerakligini biladi. Bu o'zlariga foyda ekanini ham tushunishadi", - deydi Fenkxauzer.

Mana shu xohish-iroda AQShda Donald Trampning prezident etib saylanishi ortidan susayishi mumkin. Tramp Parij kelishuvidan chiqishini aytgan.

Marokashda delegatlar Vashingtondan o'z va'dasida turishni so'radi.

"Hozirgi yoki kelayotgan hech bir ma'muriyat umumiy istagimizni bekor qilishga urinmasligi kerak. Butun dunyo ahli sayyoramizni yaxshilashni, unda hayot davom etishini xohlaydi", - deydi Botsvana Prezidenti Yan Kxama.

AQSh o'z oldiga qo'ygan maqsadlar bo'yicha boshqalardan oldinda, deydi atrof-muhit muhofazasi faoli Kelli Stoun.

"Obama ma'muriyati 2050-yilgacha gazlar chiqimini 2005-yilgi darajadan 80 foizga tushirish rejasini e'lon qildi. Bu juda katta qaror, ilgari bunaqasi bo'lmagan. Lekin yetarli darajada emas", - deydi u.

Britaniya Parij kelishuvini tasdiqlagan eng so'nggi davlatlardan. Ekologiya bo'yicha faollarning umid qilishicha, Tramp kelishuvni bekor qilish yo'lidan bormaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG