Qo'shma Shtatlar Birmada Tinchlik korpusi ish boshlashini ma'lum qildi.
Janubi-sharqiy Osiyodagi uzoq yillar yakkalanib qolgan bu davlat bilan AQSh shu tariqa aloqani yanada mustahkamlaydi.
Oq uyning bildirishicha, Tinchlik korpusi Amerika va Birma xalqlari o'rtasida rishtalarni bog'lashga xizmat qiladi.
Birinchi ko'ngillilar kelasi yilning oxirida Birmaga borishi kutilmoqda. Ular avvaliga uch oylik mashqlarni yakunlab, so'ng ikki yillik xizmatni boshlaydi.
Tinchlik korpusi 1961-yilda ta'sis etilgan. Bu vaqt ichida salkam 220 ming volontyor dunyoning turli burchaklarida ta'lim, sog'liqni saqlash, qishloq xo'jaligi kabi yo'lanishlarda ishlab keladi.
Tashkilotning vazifalaridan biri - Amerika jamiyati va dunyo xalqlari o'rtasida birodarlikni qo'llab-quvvatlash.