Breaking News

NATO Polshada harbiy mashqlar o'tkazdi


Polshada NATOning mashqlari o'tdi. 17-iyun, 2015-yil.
Polshada NATOning mashqlari o'tdi. 17-iyun, 2015-yil.

NATOga a'zo davlatlardan to'qqiztasi Polshadagi harbiy mashqlarda ishtirok etayapti. To'qqiz bu davlatdan ikki ming qo'shin mashqlarga safarbar etilgan.

Tahdid va muammolarda tezda javob berishga qodir qurolli quchlarga ega bo'lishimiz zarur, deydi NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg.

Mashqlarda Amerika, Polshaning jangovar samolyotlari va Germaniyaning og'ir qurollarini ko'rish mumkin edi.

Ittifoqchilarning aytishicha, bu harbiy mashqlar Rossiyaning Ukrainadagi amaliyotlaridan hayiqqan sharqiy Yevropa davlatlarini tinchlantirishga qaratilgan.

Rossiyani so'zlariga qarab emas, harakatlariga qarab baholash kerak, deydi Polsha Mudofaa vaziri Tomas Simonyak. Moskvaning oxirgi bir yarim yilda qilgan xarri-harakatlari vahimali, deydi u. Qrimning Rossiyaga qo'shib olinishi va Ukraina sharqidagi voqealar ortidan Yevropa davlatlari xavotirda. NATO bu mamlakatlar mudofaasi yo'lida xizmatga tayyor ekani quvonarli hol, deydi Simonyak.

Moskva joriy yilda yadroviy arsenalini kuchaytirishni rejalar ekan, NATO mudofaa salohiyatini oshirishga qaror qilgan. Xususan, alyans mudofaa vazirlari kelasi hafta Bryusselda ko'rishib, Rossiya yaqinida og'ir harbiy ashalani joylashtirish rejasini muhokama qilmoqchi.

AQSh Ukraina harbiylarini tayyorgarlikdan o'tkazmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:06 0:00

Ukraina mojarosi oilalarni bo'lib qo'yyapti
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:31 0:00

Polshada harbiy mashg'ulot
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:33 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG