Breaking News

Afg'onistonda bir qizaloq poliomiyelit bilan kasallandi


Pokistonda go'dak sholdan emlanmoqda, Ravalpindi, 20-yanvar, 2014-yil
Pokistonda go'dak sholdan emlanmoqda, Ravalpindi, 20-yanvar, 2014-yil
Afg’onistonda 2001-yildan beri ilk bor poliomiyelit bilan kasallanish holati aniqlandi. Sog’liqni saqlash vazirligiga ko’ra, poytaxt Kobulda uch yashar qizaloq falajga uchragan.

Poliomiyelit o’ta yuqumli kasallik bo’lib, odamni bir umrga shol qilib qo’yishi mumkin.

Dunyo bo’ylab atigi uch davlat – Afg’oniston, Pokiston va Nigeriyada bu dard bilan kasallanish ehtimoli saqlanib turibdi.

Tolibon Afg’onistonda poliomiyelitga qarshi emlash kampaniyasiga qarshi chiqib kelayotgan edi, ammo so'nggi paytda o'zini bosgan. Pokiston va Nigeriyada ham shu ahvol. Jangarilarning da'vo qilishicha, G'arb emlash bahonasida musulmonlarni bepusht qilmoqchi.

Kobuldagi hodisadan so'ng Afg'onistonda vaksinatsiya yana jonlandi.

YUNISEF tashkiloti vakili Per Engebakning aytishicha, Pokiston va Afg'onistondagi vaziyat bir-biriga bog'liq. Pokiston shimolidagi Peshovar shahri Afg'onistonga yaqin bo'lib, chegara nazorati bo'sh.

2013-yilda Pokistonda shol bilan 93, Afg'onistonda esa 14 kasal borligi qayd etilgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG