Breaking News

Suriyada 10 bolada poliomiyelit kasali aniqlangan


Livan janubida jon saqlayotgan suriyalik qochqinlar oilasi.
Livan janubida jon saqlayotgan suriyalik qochqinlar oilasi.
Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti Suriya shimoli-sharqida 10 bola poliomiyelit – falajga chalinganini tasdiqlayapti.

Yana 12 bolada o’ta yuqumli bu xastalik alomatlari tekshirilmoqda.

Virus yegulik va suvdan o’tishi mumkin.

1999-yildan beri Suriyada poliomitelit hollari kuzatilmagan edi.

Ammo uch yillik urush sog’liqni saqlash tizimi va turmushni yemirib, yuqumli kasalliklar tarqalishi uchun muhit yaralgan, deya ogohlantiradi Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti.

Suriya aholisining chorak qismidan ko’pi uyini tashlab chiqishga majbur bo’lgan.

Virus odamdan odamga yuqar ekan, qochqinlar bu dard jadal sur’atda tarqalishiga hissa qo’shishi mumkin.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG