BMT sa’y-harakati bilan Suriyada millionlab odamga yaqinda yordam yetib borishi mumkin. Bu oilalar mana bir necha oydirki tashqi olamdan uzilib qolgan.
BMT Xafvsizlik Kengashi qabul qilgan maxsus hujjat Suriya hukumatini zudlik bilan gumanitar amaliyot uchun zarur sharoit yaratishga chaqiradi. Majburiy kuchga ega bo’lmasa-da, tashabbus ortida kengashning 15 a’zosi turibdi.
BMTda buning uchun mas’ul Valeri Amos gumanitar ishchilar ehtiyojmand har bir insonga yetib bora olishi muhim, deydi. Suriyaning qayerida bo’lmasin bu oilalar. Shunday ekan, gumanitar xodimlar xavfsizligini ta’minlash kerak.
Hozir faqat 12 xalqaro insonparvarlik tashkilotida Suriyada ishlashga ruxsat bor. BMTga ko’ra, urushni deb butun boshli mahallalar va shaharlar yakkalanib qolgan. Aholi punktlari o’rtasida o’rnatilgan o’nlab to’siqlar va byurokratiya xalqaro yordam manzilga yetib borishiga to’sqinlik qilmoqda.
Bu ahvol yuzasidan xavotirlar avval ham yangragan, ammo Xavfsizlik Kengashi falaj bir ahvolda ekani bois chora ko’rilmayotgan edi. Bu sustkashlik nihoyat o’tgan juma bahram topib, doimiy a’zolar Suriyaning kimyoviy arsenalini xalqaro nazoratga olish masalasida murosaga keldi.
“Suriyada xonadonlarning uchdan biri xarobaga aylangan”, - deydi Avstraliyaning Xavfsizlik Kengashidagi elchisi Gari Kvinlan. “Ikki milliondan ziyod qochqin bor bo’lsa, bir millioni bolalar. Suriyada har 15 soniyada bir odam qochqinga aylanadi”, - deydi u.
Britaniya elchisi Mark Layall Grant deydiki, kengash bayonoti gumanitar yordamni Suriyaning har bir burchagiga yetkazish uchun sharoit hozirlashga undaydi.
“Hujjat xalqaro insonparvarlik tashkiloti xodimlariga vizalar berishni tezlatish, ular mamlakat bo’ylab erkin harakat qilishini va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan. Bundan tashqari, tibbiy muassasa, maktab va ichimlik suvi manbalarini urushdan xoli manzillar deya e’lon qilishga chaqiradi”, - deydi Britaniya diplomati.
Aytish kerak, BMTga Suriyada yordam loyihalari uchun 3 milliard dollar yetmayapti. Bosh kotib Pan Gi Mun Quvaytda kelasi yil donorlar anjumani o’tkazib, kamomadni qoplash masalasini ko’tarishni taklif qildi.
Suriyadagi mojaro 100 mingdan ziyod odamni hayotdan olib ketdi. To’rt milliondan oshiq kishi vatanda sarson, yana ikki million qo’shni mamlakatlarga qochib chiqqan.