Breaking News

BMT Xavfsizlik kengashi Suriya bo'yicha rezolyutsiya qabul qildi


BMT Xavfsizlik kengashi, 27-sentabr, 2013, Nyu-York
BMT Xavfsizlik kengashi, 27-sentabr, 2013, Nyu-York
Xalqaro inspektorlar kelasi hafta Suriyaning kimyoviy arsenalini tekshirishga kirishadi.

BMT Xavfsizlik kengashida Suriya bo’yicha 27-sentabr kuni ma'qullangan rezolyutsiya matniga ushbu talablar ham qo’shilgan.

Qo’shma Shtatlar va Rossiya, Suriyaning eng yaqin ittifoqchisi, BMTda rezolyutsiya matni bo’yicha uzoq tortishdi va nihoyat kelishib oldi. Assad talablarga bo’ysunmasa, harbiy kuch qo’llanishi haqidagi band Kremlning talabi bilan olib tashlangan.

Loyiha bugun Xavfsizlik kengashida ovozga qo’yildi va bir ovozdan tasdiqlandi.

Besh doimiy a'zo nazarida hujjat Suriyani tinchlik tomon yetaklaydi. Bashar al-Assad unga qo'yilayotgan shartlarni to'liq bajarmasa, javobgarlikka tutiladi, deydi diplomatlar.

Talab shuki, Suriya o'z nazoratidagi barcha kimyoviy qurollar haqida hisobot berib, ularni yo'q qiladi. Xalqaro hamjamiyat bu ishga bosh-qosh bo'ladi va izchil inspeksiya olib boriladi.

Rezolyutsiya qabul qilganidan bir kun ham o’tmay mamlakatda qonli janglar yana avj olmoqda. 28-sentabr kungi to’qnashuvlarda qancha odam o’lgani aniq emas, ammo isyonchi kuchlar Iordaniya bilan chegaradosh Dar’o tumanini o’z nazoratiga olgan.

Kecha shimoldagi Rankus shahrida mashina portlab, 30 kishi halok bo’lgan. Bu yerda asosan sunniylar yashaydi.

Inson huquqlari bo’yicha “Human Rights Watch” tashkiloti nazarida rezolyutsiya bilan muammo hal bo’lmaydi. Avgust oyida Assad buyrug’i bilan bir yarim mingga yaqin inson qirib tashlandi. Zolim rahbarni javobgarlikka tortish lozim, deydi Filip Bolopion BMT qarorgohida diplomatlarga murojaat qilar ekan.

Suriya Tashqi ishlar vaziri Valid Muallim uning davlati shartni bajarishga tayyor ekanini aytmoqda.

AQSh rahbari Barak Obama Xavfsizlik kengashi Suriya borasida astalik bir yoqadan bosh chiqarganidan mamnun. Assad rezolyutsiyaga bosh egmasa, jazolanadi, unga bir oy vaqt berilmoqda, deydi Obama.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG