Breaking News

Saylov mavsumi - ayrim do'konlar uchun daromad manbai


Saylov kampaniyalaridan daromad qilayotgan do'kon
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:11 0:00

Amerikaliklar saylov kampaniyalaridan charchagan bo'lishi mumkin, ammo siyosiy suvenirlar sotadigan do'konlarning omadi chopdi. 2016-yilgi prezidentlik saylovidan noliyotganlar ko'p, ayni paytda Vashingtondagi bir do'kon sohibining aytishicha, kampaniya ramzlari va nomzodlar aks etgan futbolkalarning bozori chaqqon.

Oq uydan bir necha ko'cha narida joylashgan do'konda bu yilgi saylovning qanchalar keskin ketayotganini payqash qiyin emas.

"Hamma bir-birini qoralash bilan band", - deydi xaridorlardan biri.

Shunga qaramay, odamlar futbolka, haykalchalar va yopishqoq yorliqlarni sotib olish bilan band. Chunki bu tarxiy saylov, deydi bir ayol.

"Saylovdan keyin g'oyib bo'ladigan narsalarni olyapman", - deydi u.

Do'kon egasi Jim Vorlikning daromadi bu yil chakki emas. U 35 yildan beri qaysi nomzodning mahsulotlari ko'proq sotilayotganini hisoblab keladi.

Masalan, avgustdagi demokratlar qurultoyidan so'ng Hillari mahsulotlari 62 foiz, Trampniki 38 foiz sotildi, deydi u.

Bahslardan so'ng raqamlar o'zgardi.

"Hillari 57, Tramp 43 foiz sotildi, farq qisqardi", - deydi Vorlik.

Qizig'i, 2016-yilgi saylovning eng ko'p sotilayotgan narsasi nomzodlardan emas.

"Mishel prezidentdan ko'ra mashhurroq. Shuning uchun Mishelga alohida qator qildik. Klinton va Trampga qaraganda prezident va birinchi xonimning mahsulotlari ko'proq sotilyapti", - deydi Vorlik.

Vorlik 1980-yildan beri barcha prezidentlik saylovi natijalarini to'g'ri topgan. Faqat 2000-yil Al Gor Jorj Bushga yutqazib, uning taxmini xato chiqqan, xolos.Shu asosda u kelasi yil sotiladigan suvenir mahsulotlari uchun allaqachon buyurtma berib qo'ydi.

"Men so'rovlarni va sotilayotgan mahsulotlarimni kuzataman. Klinton yutib chiqadi. Buni do'konimdagi savdodan bilaman", - deydi u.

Vorlikning aytishicha, odamlar hamyoni bilan ovoz beradi.

"Har to'rtinchi yilni sevamiz. Yilning eng yaxshi payti qaysi? Bu har to'rt yilda keladigan rojdestvo bayrami", - deya mutoyiba qiladi do'kondor.

Oq uy uchun kurash esa davom etmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG