Amerikadagi eng qadimiy cherkovlardan biri, millionlab aholi qatnaydigan ibodatxona rahbariyati Isroil bilan biznes qilmaslik kerak deya undamoqda. O’zini islohotchi protestantlar deb atovchi oqim – presviterianlar 20-iyun kuni bu masala yuzasidan ovoz beradi. Cherkov Isroilga sanksiya qo’yishni ko’zlamoqda.
G’arbiy Presviterian cherkovi rahbari Beverli Dempsi Michigan shtatidagi ibodat paytida dindoshlarini Isroilni rad etishga chaqirdi.
Bir paytlar juda qudratli hisoblangan bu cherkov o’tgan yillar ichida ko’plab a’zolaridan ayrilgan va tarqoqlashgan.
Amerika bizneslarini Isroilga mahsulot sotmaslikka, yahudiy davlati bilan hamkorlik qilmaslikka undash orqali cherkov o’z nufuzini oshirmoqchimi?
Cherkovda vujudga kelgan yangi oqim Isroilga nafrat manbai deb qaraydi. Janubiy Afrikaga nisbatan aparteid paytida joriy etilgan sanksiyalarga o’xshash choralar ko’rish kerak, deydi ular.
Bu oqim faollaridan biri, ruhoniy Syuzan Vaylder deydiki, maqsad Isroilni davlat sifatida rad etish emas.
“Lekin Isroilning siyosatini qoralaymiz. Yahudiy davlati qilayotgan ishlar natijasida insoniyat azob chekmoqda, hammamiz azob tortayapmiz”,- deydi u.
Jon Vimberli, iste’fodagi ruhoniy, cherkovni bunday qadam tashlamaslikka undamoqda.
“Ikki ming yil davomida nasroniylar yahudiylarni jazolab, azoblab kelgan. Ularni jamiyatdan chetlatgan. Mana shu mash’um tariximizdan saboq olgan holda hozir bunday cheklovlar haqida o’ylamay, yechimlarga urg’u berish kerak”,- deydi Vimberli.
Uning nazarida protestantlar yahudiy-musulmon mojarosiga bu tarzda burun suqmagani ma’qul. Bizneslarni biznes qilmaslikka majburlash ahmoqlik, baribir foydasi bo’lmaydi, deydi u, nasroniylar o’ziga ortiqcha dushman orttiradi xolos.
Isroil tarafdorlari esa cherkovlarning bunday qadamlar tashlashi boshqalarni ham shunga undashi va yahudiylarga nisbatan nafrat avj olishi mumkin deya xavotirda.
Sanksiya tarafdori bo’lgan presviterianlarning talabi shuki, Isroil bosib olgan yerlarini Falastinga qaytib berib, tinchlik, adolat va tenglikni ta’minlashi lozim.
Isroil bosib olgan yerlarda yahudiylar uchun bunyod etilayotgan punktlarda ishlayotgan buldozerlar Caterpillar kompaniyasi mahsuloti. Hewlett-Packard esa har kuni falastinliklar tekshiriladigan harbiy postlarda qo’llanadigan texnologiya sotadi. Motorola Solutions mobil mahsulotlari ham Isroil tomonidan keng miqyosda ishlatiladi. Presviterian cherkovining ayni damda Isroil bilan bog’liq bizneslarda 21 million dollar sarmoyasi bor. A’zolar ovozi bilan bunga chek qo’yilishi mumkin.