Amerikada bu safargi saylovda din va diniy qadriyatlar uncha tilga olinmadi. Prezidentlikka nomzodlar e'tiqodga emas, iqtisodiyotga urg'u berdi. Tadqiqotchilarga ko'ra, din va siyosatni bir-biridan ajratish lozim deyayotgan yoshlar Barak Obama qayta saylanishida muhim rol o'ynagan.